Xonanda Jasur Umirov ikkinchi marta ota bo‘ldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur xonanda Jasur Umirov otalik baxtini yana bir bor his etdi. San’atkor o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qiz farzandli bo‘lgani haqidagi xushxabarni e’lon qildi.
Xonanda o‘z his-tuyg‘ularini quyidagi ta’sirli iqtibos bilan ifodalagan: “Yaxshi kunlaring ko‘p bo‘lsin, deyishadi! O‘sha kunlar bo‘lsa kerak”.
Ko‘p o‘tmay u tug‘uruqxonada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini avaylab, tabassumini yashirmay ko‘tarib turgan suratlarini e’lon qildi.
Bu suratlar tezda tarqalib, muxlislar va hamkasblarning olqishlariga sabab bo‘ldi. Umirovning muxlislari va do‘stlari ko‘plab tilaklar bildirib, go‘dakka mustahkam sog‘lik tilashdi.