Xonanda Lolaning o‘g‘li chet elga o‘qishga jo‘nab ketdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Taniqli xonanda Lolaning o‘g‘li boshqa mamlakatga ta’lim olish uchun yo‘l oldi. Bu xabarni san’atkor Instagram sahifasidagi obunachilari bilan bo‘lishdi.
“Diyor uchun hayotning yangi, muhim bosqichi boshlanmoqda. U mustaqil hayot va ulkan maqsadlar sari intilish uchun chet elga yolg‘iz o‘zi o‘qishga ketmoqda. Uchishdan oldingi kechada singillari u bilan xayrlashgisi kelmayapti”, — deya ma’lum qildi Lola.
“Ikki kun ichida Diyor bilan juda ko‘p ishlarni bajarishga ulgurdik: kampusga joylashdik, maktab formasi va barcha zarur narsalarni xarid qildik, u yashaydigan hududni o‘rganib chiqdik, hamma hujjatlarni tayyorladik.
Biz a’lo ish qildik! Birinchi o‘quv kuni o‘tdi, endi onasi uyga qaytishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.