Aloqada bo‘ling

Xonanda Rayhon imijini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi

Xonanda Rayhon imijini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi

Mashhur xonanda Rayhon “Sahnada” nomli yangi qo‘shig‘i tez orada taqdim etilishini ma’lum qildi. U bu xabarni Instagram sahifasida muxlislariga yetkazdi va katta qiziqish uyg‘otdi.

Videoda Rayhon butunlay yangicha qiyofada ko‘rindi: u qora sochlar bilan tasvirga tushgan, bu esa uning odatiy ko‘rinishidan sezilarli farq qilardi. 

Videoda xonanda kelgusi qo‘shig‘idan parcha ijro etib, “Sahnada. Tez kunda. Kutyapsizlarmi, azizlarim?” deya yozgan. Shuningdek, tasvirlarda uning ko‘rinishi juda o‘zgarganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rayhon aktrisa Ra’no Shodiyevani tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklagan edi. Bu haqda batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qishingiz mumkin.