Xonanda Ruxshona uchinchi bor turmush quryapti
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur xonanda Ruxshona ikkinchi marta turmush qurishga tayyorlanmoqda. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Xonanda Doniyor Islomov bilan birgalikda tushgan videosini e’lon qildi. Juftlik yonma-yon o‘tirib, bir-biriga tabassum ulashmoqda, postga qo‘yilgan izoh esa shunday: “Shunchaki baxtli yashashimizga ijozat bering...”
Biroq obunachilarning munosabati unchalik ijobiy bo‘lmadi: izohlar bo‘limida Ruxshona qattiq tanqidga uchradi. Salbiy fikrlarga javoban san’atkor izoh qoldirish imkoniyatini cheklashga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil kuzida xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i, aktyor Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini tasdiqlagandi. U ajralishning sababini oshkor qilmagan.