Xonandalar Lola va Ruxsora Emm “Alam” qo‘shig‘ini taqdim etdi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Xonandalar Lola va Ruxsora Emm “Alam” nomli duet qo‘shig‘ini rasman taqdim etishdi. Ular Instagram sahifalarida ma’lum qilishicha, qo‘shiq allaqachon barcha musiqiy platformalaida tinglash uchun mavjud.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, qo‘shiq zamonaviy ritmlar bilan har bir ijrochining o‘ziga xos uslubini uyg‘unlashtirgan.
Qo‘shiq boshida ularning oldingi xitlariga ishoralar mavjud bo‘lib, lirik qismdan so‘ng kuchli bitlar kirib keladi.
Tanqidchilar fikricha, “Alam” o‘zining yuqori energiyasi tufayli kuzning eng mashhur qo‘shig‘iga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.