Kino

Yakuniy “Eyforiya” 2026-yil bahorida efirga chiqadi

Yakuniy “Eyforiya” 2026-yil bahorida efirga chiqadi

HBO telekanali dasturlash direktori Keysi Bloys Deadline nashriga bergan yangi intervyusida telekanalning 2026-yilga mo‘ljallangan premyeralari haqida ma’lumot berdi.

Zendeya bosh rolni ijro etadigan “Eyforiya” serialining uchinchi va so‘nggi mavsumi 2026-yil bahorida namoyish etilishi kutilmoqda. Bloys aniq sanani aytmadi.

Loyihaga Xanter Shafer, Sidney Suini, Jeykob Elordi va boshqalar ham qaytishadi. Sem Levinson serialning yaratuvchisi, rejissyori, ssenariy muallifi va prodyuseri hisoblanadi. “Eyforiya” 2019-yilda efirga chiqqan, ikkinchi mavsum esa 2022-yilda namoyish etilgan. Ko‘plab muammolar tufayli serial bir necha bor kechiktirilgan.

HBO`ning boshqa premyeralari orasida Bloys “Ajdarho uyi” serialining uchinchi mavsumini (2026-yil iyunda chiqishi kutilmoqda) va “Yetti qirollik ritsar” (2026-yil yanvarda) spin-offini tilga oldi. Rahbar, shuningdek, “Oq nilufar” serialining to‘rtinchi mavsumi Fransiyada suratga olinishini tasdiqladi va yangi “Haqiqiy detektiv”da Nikolas Keyjning ishtiroki haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi.