Yana jazirama: Hafta davomida harorat 42 darajagacha chiqishi mumkin

Toshkent shahrida 14-iyuldan 18-iyulgacha qanday ob-havo kuzatilishi e’lon qilindi.
Dushanba kuni kunduzi havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlib, harorat +39° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi esa havo kam bulutli boʻladi, harorat +24° gacha pasayadi.
15-iyul kuni havo kam bulutli bo‘ladi, kunduzi harorat +38° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi oʻzgaruvchan bulutlilik kuzatiladi, harorat +23° gacha pasayadi.
Chorshanba kuni havoning biroz bulutli boʻlishi, harorat esa +39° gacha koʻtarilishi mumkin. Kechasi havo kam bulutli boʻladi, harorat +24° gacha tushadi.
17-iyul kuni kunduzi havo kam bulutli bo‘lishi,harorat +41° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi ham kam bulutlilik kuzatiladi, harorat +25° gacha tushadi.
Juma kuni kunduzi havo kam bulutli boʻladi, harorat +42° gacha koʻtariladi. Shanba kuniga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻladi, harorat +25° gacha pasayadi.