Yangi “Fantastik to‘rtlik”ning yakuniy treyleri e’lon qilindi

Internetda “Fantastik to‘rtlik: Dastlabki qadamlar” komiks filmining so‘nggi treyleri paydo bo‘ldi. Marvel Studios filmi 25-iyuldan kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Qayta ishlangan filmda Pedro Paskal (Mister Fantastik), Vanessa Kirbi (Ko‘rinmas ayol), Jozef Kuin (Olov odam) va Ebon Mos-Bakrak (Tosh) bosh rollarda suratga tushishgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Syujet “To‘rtlik” a’zolari haqida bo‘lib, ular sayyorani qonxo‘r Dunyoxo‘r Galaktus (Ralf Aineson) va Kumush serfchi (Juliya Garner)dan himoya qilishi kerak bo‘ladi.
Filmga Mett Shekman (“Vanda/Vijn”) rejissyorlik qilgan. Ikkinchi darajali rollarda Jon Malkovich, Natasha Lion, Pol Uolter Xauzer va boshqalar ishtirok etgan.