Yangi “Juda g‘alati ishlar” seriali qismlarining davomiyligi tasdiqlandi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

“Juda g‘alati ishlar” serialining hammuallifi Ross Daffer shou yakuniy qismlarining uzunligini ma’lum qildi.
Beshinchi mavsumning birinchi yarmi 26-noyabr kuni Netflix’da namoyish etiladi. Qismlarning davomiyligi quyidagicha:
- birinchi qism (“Emaklab yurish”) — 1 soat 8 daqiqa
- ikkinchi qism (“G‘oyib bo‘lish...”) — 54 daqiqa
- uchinchi qism (“Tyornbou uchun tuzoq”) — 1 soat 6 daqiqa
- to‘rtinchi qism (“Afsungar”) — 1 soat 23 daqiqa
Ilgari Netflix yakuniy “Ishlar”ni suratga olish uchun taxminan 480 million dollar sarflagani haqida ma’lumot berilgandi. So‘nggi seriyalar 25 va 31-dekabr kunlari efirga uzatiladi.