Yangi “Jumanji” filmining suratga olinishi noyabr oyida boshlanadi

The Hollywood Reporter nashri “Jumanji” franshizasining navbatdagi qismi tez orada ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qildi. Suratga olish ishlari noyabr oyida Los-Anjelesda yo‘lga qo‘yiladi.
Loyihada yana Dueyn Jonson, Kevin Hart, Jek Blek va Karen Gillan bosh rollarda suratga tushadi. Rejissyorlik vazifasini Jeyk Kezdan bajaradi. Syujet tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
Robin Uiliams ishtirokidagi birinchi “Jumanji” filmi 1995-yilda ekranlarga chiqqan bo‘lib, u xuddi shu nomdagi kitob asosida suratga olingan edi. Syujet sehrli o‘yinda tiqilib qolgan o‘smirlar haqida hikoya qilardi.
2017-yilda “Changalzor chaqirig‘i” qayta ishlangan versiyasi, 2019-yilda esa “Yangi bosqich” filmi namoyish etildi. Ikkala film ham jahon kinoprokatida jami 1,7 milliard dollar daromad keltirdi.
Sony kompaniyasi yangi “Jumanji” filmini 2026-yil 11-dekabrda tomoshabinlar hukmiga havola etadi.