Aloqada bo‘ling

Yangi Oʻzbekiston shohkoʻchasining bir qismi sentyabrgacha yopiladi

Yangi Oʻzbekiston shohkoʻchasining bir qismi sentyabrgacha yopiladi

Toshkent shahri Yangi Oʻzbekiston shohkoʻchasidagi yoʻlning bir qismi 13-apreldan 1-sentyabrgacha yopiladi. Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi boshlanadi. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, 13-apreldan 1-sentyabrgacha CAEX koʻrgazma majmuasidan Yangi Oʻzbekiston bogʻiga kiraverishgacha boʻlgan qism yopiladi.

Ushbu yoʻlga muqobil tarzda Olimpiya shaharchasi orqa tomonidan — Murabbiylar koʻchasi orqali qoʻshimcha harakat yoʻnalishi tashkil qilingan boʻlib, haydovchilarga oʻz harakatlarini ushbu yoʻnalishda davom ettirishlari soʻraldi.

Poytaxt hokimligi noqulaylik uchun uzr soʻradi.