Yangi “Supermen”ning personajli posterlari paydo bo‘ldi

Warner Bros. Supermen komiksining xarakter-plakatlarini taqdim etdi. Filmni Jeyms Gann ("Galaktika qo‘riqchilari") suratga olgan.
Tasmadagi rollarni Devid Korensvet, Reychel Brosnaxen, Nikolas Xolt, Izabella Mersed, Neytan Fillion va boshqalar ijro etgan. Syujet DC komikslarining eng mashhur qahramonining kelib chiqishi haqida hikoya qiladi.
"Supermen"ning AQShda chiqishi 11 iyulga belgilangan.