Aloqada bo‘ling

Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?

Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?

Soʻnggi yillarda Yangi yil arafasida Oʻzbekistonda uzaytirilgan dam olish kunlari boʻlmoqda. 2025-yilga oʻtar vaqtda necha kun dam olishimiz hisoblab chiqildi.

Oʻzbekistonda oxirgi yillarda katta bayramlar arafasida 4-5 kunlik dam olish kunlari eʼlon qilinmoqda. Jumladan, Yangi yilda ham uzaytirilgan dam olish boʻlishi kutilmoqda.

Oʻtgan yilgi hisob-kitobga koʻra (katta ehtimol bilan 2024-yilga ham taalluqli) dam olish kunlari quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:

  • 30-dekabr (qoʻshimcha dam olish kuni)
  • 31-dekabr (seshanba);
  • 1-yanvar (Yangi yil bayrami);
  • 2-yanvar (qoʻshimcha dam olish kuni).

Lekin 4-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — payshanba kuniga koʻchirilgani bois haftada 5 kun ishlaydigan oʻzbekistonliklar uchun 4-yanvar ish kuni hisoblanadi.

Eslatma, bu dam olish kunlari hali rasman tasdiqlanmagan. Faqatgina avvalgi yildagi bayram kunlariga qarab hisoblab chiqilgan. Rasmiy maʼlumotni ham tez orada taqdim etamiz.