Aloqada bo‘ling

Yangilangan WBA reytingida uch nafar oʻzbekistonlik birinchi oʻrinni egalladi

Muallif: Mahkamov Humoyun
Yangilangan WBA reytingida uch nafar oʻzbekistonlik birinchi oʻrinni egalladi

Ushbu reytingga oʻzbekistonlik 8 nafar bokschi kiritildi, ulardan uchtasi oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni egallab turibdi. Isroil Madrimov magʻlubiyatdan soʻng uchinchi oʻrinni egalladi.

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi oxiridagi yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Ushbu reytingga oʻzbekistonlik 8 nafar bokschi kiritildi, ulardan uchtasi oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni egallab turibdi. Isroil Madrimov magʻlubiyatdan soʻng uchinchi oʻrinni egalladi.

Avgust oyi oxiridagi yangilangan reyting quyidagicha edi:

  • Hasanboy Destmatov (minimal vazn) — oʻtgan oydagi kabi 1-oʻrin;
  • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim oʻrta vazn) — oʻtgan oydagi kabi 1-oʻrin;
  • Muhammad Shexov (birinchi yarim oʻrta vazn) — oʻtgan oydagidek 10-oʻrin;
  • Otabek Xolmatov (yengil vazn) — oʻtgan oydagidek 5-oʻrin;
  • Botir Ahmedov (super yengil vazn) — oʻtgan oydagidek 13-oʻrin;
  • Shahram Gʻiyosov (yarim oʻrta vazn) — oʻtgan oydagidek 1-oʻrin;
  • Isroil Madrimov (superoʻrta vazn) — 3-oʻrin (oʻtgan oy vazn toifasida chempion boʻlgan);
  • Bektemir Meliqoʻziyev (superoʻrta vazn) — 6-oʻrin (oʻtgan oyda 5-oʻrinda edi).

Maʼlumot uchun, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtdi. Jang amerikalik bokschining ochkolar boʻyicha gʻalabasi bilan yakunlandi (115-113, 115-113, 116-112).

Professional boksda yengilmas boʻlgan Shahram Gʻiyosov 1-avgust kuni Migel Parraga qarshi jang qildi. Bu jang Los-Anjelesda boʻlib oʻtdi.