Yaponiya – yangi trend. Nega hamma Tokyoga borishni orzu qiladi va 2025-yilda u yerda nimani ko‘rish kerak?

So‘nggi bir yil ichida sobiq SSSR davlatlaridan 100 mingdan ortiq sayyohlar Yaponiya safariga chiqqan va hatto Rossiyadagi yapon konsulxonalari oldidagi navbatlar haqida OAVda yozilgan. Quyida quyosh chiqish mamlakati sayyohlarni nimasi bilan o‘ziga jalb qilayotgani haqida: nimani ko‘rish, qayerda sayr qilish, nima yeyish va nimani xarid qilish kerakligi haqida yozamiz. Agar siz ham Yaponiyaga borishni orzu qilsangiz, uni ro‘yobga chiqarishga harakatni boshlash yoki hech bo‘lmasa onlayn: YouTube’dagi vloglar va Instagram’dagi tajribali sayohatchilarning suratlari orqali sayohatga chiqishning vaqt keldi. Boshlash uchun eng yaxshi joy esa — uning poytaxti Tokiodir.
2025-yilda Tokioda nimani ko‘rish kerak?
Yapon san’ati
Yaponiya madaniyati va san’ati bilan tanishni boshlash uchun eng yaxshi joy — Tokio milliy muzeyi. Bu inshoot mamlakatdagi eng katta yapon va osiyo san’ati kolleksiyasiga ega. Ayniqsa, Horyudzi xazinalar galereyasiga alohida e’tibor bering: u muzey bog‘ining ichkarisida yashiringan va ko‘pchilik uni o‘tkazib yuboradi. Aytilishicha, binoning arxitekturasi juda yuqori darajada, muallifi — mashhur Yoshio Taniguchi bo‘lgan. U 300 ta budda yodgorligidan iborat ekspozitsiya muallifi hamdir.
Metropoliten
Tokio metrosi haqida shunday deyishadi: eng chalkash, unda yo‘qolib qolish, hatto vahima xurujiga tushish oson. Biroq bu shaharda harakatlanishning eng arzon yo‘li, shu bilan birga u fantastika va san’atga o‘xshagan alohida dunyo. U chiroyli, toza va hattoki bepul, isitiladigan hojatxonalar bilan jihozlangan!
Bekatlar iyerogliflar bilan yozilgan bo‘lsa-da, ingliz tilidagi tarjimalari mavjud va yo‘nalish ancha tushunarli. Ammo bir kamchiligi ham bor: Tokioda metro tizimi ikki operatorga ega — davlat va xususiy. Agar siz bitta operator chiptasini olsangiz, boshqasida u o‘tmaydi. Bunday holatda chiqishda kechirim so‘rab, qo‘shimcha haq to‘lashga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha yo‘l haqi — 2 AQSh dollari.
Roppongi tepaligi
Shahar manzarasini tomosha qilish uchun eng yaxshi joylardan biri. Kunduzi bu yerda muzeylar, savdo markazlari, kafelar va restoranlar ishlaydi. Quyosh botgach esa klublar va barlar jonlanadi.
Bu mashhur balandlikda hashamatli brendlar butiklari, Tokio teleminorasi, Roppongi Hills majmuasi, Mori Tower osmono‘par binosi va Tokyo City View kuzatuv maydonchasi joylashgan.
Tsukidzi bozori
Yaponiyadagi eng mashhur, ammo sodda baliq bozori. Bozor erta tongda, soat 5 atrofida jonlanadi — yangi baliqlar yetib keladi va ulgurji savdogarlar o‘rtasida auktsionlar boshlanadi. Bu hatto ertalab turishga arziydi haqiqiy tomosha.
Sayyohlar odatda tushdan keyinroq, tushlik vaqti yaqinlashganda kelishadi. Bozordagi tanlov hayratlanarli: krevetka, baliq, sakkizoyoq, langustlar va turli xil dengiz mahsulotlari. Garchi ovqatni bir martalik idishlarda, tik turib iste’mol qilishga to‘g‘ri kelsa ham — bu unutilmas gastronomik tajriba bo‘lishi va’da qilinmoqda.
Parklar va sakura
Sakura gullashi sayyohlar uchun eng katta diqqatga sazovor hodisalardan biri. Agar gullash mavsumiga to‘g‘ri kelsangiz — omadingiz chopgan bo‘ladi! Yaponlar uchun sakura gullashi deyarli muqaddas marosim bo‘lib, hatto ba’zilar bu vaqtga ta’til olib, bu ajoyib manzarali hodisani tomosha qilish uchun parklarga borishadi. Eng mashhur joylar: Ueno va Sindzyuku-gyoen parklaridir. U yerda odam ko‘p bo‘ladi, lekin Tokioda parklar ko‘p, xohlagan biriga kirishingiz mumkin.
Do‘konlar va vintaj butiklar
Tokio — moda markazi va xarid ishqibozlari uchun jannat kabidir. Bu yerda dunyoga mashhur brendlarning do‘konlari (masalan, 12 qavatli Uniqlo), mahalliy brendlar shourumlari, hamda “resale” butiklar — oddiy qilib aytganda, vintaj do‘konlar joylashgan.
Aytishlaricha, Tokio eski kolleksiyalarni xarid qilish uchun eng yaxshi joy: yaponlar vintaj kiyimlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishadi va ularni hamyonbop narxlarda sotishadi. Bu Chanel yoki YSL kabi arxiv buyumlar bo‘lsa ham, boshqa mamlakatlarda ularga narxlar haddan oshib ketgan bo‘ladi.
Ovqat
Yaponiya — bu pazandalik san’atini yillar davomida bitta yo‘nalishda mukammallikka yetkazgan oshpazlar yurti.
Shuning uchun xoh kichik oilaviy, xoh yirik tarmoqli restoranlarga bemalol kirishingiz mumkin — har yerda taomlar mazali, farq faqat narx va porsiya hajmida bo‘ladi.
Yaponiyada albatta tatib ko‘rish kerak bo‘lgan taomlar: ramen, soba, sushi, gyozda chuchvaralari va dengiz mahsulotlari.
Shuningdek, YouTube va TikTok blogerlarining sevimli joyi — yaponcha 7-Eleven’ga kiring: bu yerda juda mazali onigiri, sendvichlar va boshqa hamyonbop tamaddilar bor. Ularni o‘sha joyning o‘zida isitib, yeyish mumkin!