“Yigitlar”ning so‘nggi mavsumini suratga olish ishlari yakunlandi

“Yigitlar” seriali yaratuvchisi Erik Krippke serialning beshinchi va yakuniy mavsumini suratga olish jarayoni tugaganini ma’lum qildi.
“Bu suratga olish maydonchasida oxirgi marta bo‘lishim. Tez orada demontaj qilinadi. Aralash tuyg‘ular, lekin ular orasida eng muhimi - minnatdorchilik.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Bizda eng yaxshi aktyorlar tarkibi, eng yaxshi suratga olish jamoasi, yozish mumkin bo‘lgan eng qiziqarli hikoya va oldindan aytib bo‘lmaydigan narsa bor: to‘g‘ri vaqt. [...] “Yigitlar” oilasiga: rahmat, hammangizni yaxshi ko‘raman.
Muxlislarga: ko‘rganingiz uchun rahmat, grand finalni qachon ko‘rishingizni sabrsizlik bilan kutyapman. Shu bilan hammasi tamom”, — deb yozdi Kripke Instagram`da.
Serialning aniq chiqish sanasi noma’lum. “Yigitlar” 2019-yilda Amazon Prime Video striming xizmatida debyut qilgan. Syujet Billi Butcher (Karl Urban) boshchiligidagi jinoyatchilar guruhi haqida hikoya qiladi — qahramonlar makkor superqahramonlar va ularning yetakchisi Xoumlenderga (Entoni Starr) qarshi turadi.