Aloqada bo‘ling

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini tekshirish endi onlayn bo‘ldi

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini tekshirish endi onlayn bo‘ldi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini avtomatik hisoblash tizimi ishga tushdi. Ballarni hisoblash E-jarimaball moduli orqali amalga oshiriladi.

Haydovchilar hisoblangan ballar miqdorini onlayn — my.gov.uz yagona davlat xizmatlari portali yoki Safe ROAD YHXX rasmiy mobil ilovasi orqali tekshirishi mumkin.

Taqdim etiladigan axborotda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • to‘plangan jarima ballari soni;
  • qabul qilingan qaror raqami va sanasi;
  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ballar qo‘yishga asos bo‘lgan moddasi.

Xizmat bepul taqdim etiladi. Ma’lumot olish uchun YIDXP portalida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.