Kino

Yorgos Lantimosning “Bugoniya” filmi uchun so‘nggi treyler chiqarildi

Yorgos Lantimosning “Bugoniya” filmi uchun so‘nggi treyler chiqarildi

Focus Features “Bugoniya” filmining yakuniy treylerini e’lon qildi.

Yorgos Lantimosning satirik ilmiy-fantastik asari Venetsiya kinofestivali tanlovida ishtirok etdi.

Filmda bosh rollarni Emma Stoun va Jessi Plemons ijro etgan. Syujetga ko‘ra, asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi Teddi akasi bilan birga yirik kompaniya rahbari Mishelni o‘g‘irlab ketadi. Qahramonlar ayolning boshqa sayyoradan kelgan degan fikrga ishonishadi.

“Bugoniya” Janubiy Koreyaning “Yashil sayyorani qutqaring!” filmining qayta ishlangan varianti hisoblanadi. Tanqidchilar filmni yuqori baholadi. “Bugoniya” 24-oktyabrda xorijiy kinoteatrlarda namoyish etiladi.