Aloqada bo‘ling

Yulduz Turdiyeva yugurish yo‘lakchasidan yiqilib, jarohat qoldi

Yulduz Turdiyeva yugurish yo‘lakchasidan yiqilib, jarohat qoldi

Mashhur xonanda Yulduz Turdiyeva mashg‘ulot paytida yugurish yo‘lakchasidan yiqilib, jarohat oldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida muxlislariga xabar berdi.

Ortiqcha xavotirga o‘rin qoldirmaslik uchun Yulduz Turdiyeva darhol obunachilarini tinchlantirdi. U malakali shifokorlar nazorati ostida ekanligi va ahvoli yaxshiligini ta’kidladi.

Jarohatlanganiga qaramay, ijrochi ishlashdan boshqa iloji yo‘qligini aytdi, chunki u odamlarni xafa qilmaslik va tinglovchilarini umidsizlantirmaslik uchun omma oldida chiqish qilishga va’da bergan edi.

“Ba’zida san’atkor og‘riq sezsa ham, odamlarni xafa qilmaslik uchun va’da qilingan chiqishlarini davom ettiraveradi”, — dedi xonanda.