1-oktabr: Musiqachilar, buvijonlar bayrami va O‘zbekistonda o‘qituvchilar kuni
1-oktabrda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilingan, konveyerdan birinchi “Zaporojets” chiqqan (avto “bukri” (gorbatiy) laqabini olgan), Floridada esa dunyodagi eng katta Disneylend ochilgan. Xuddi shu kuni futbolchi Pele faoliyatini yakunlagan, shvetsiyalik pochta esa ABBA guruhi rasmi tushirilgan marka chiqargan. Bu – shu sanada sodir bo‘lgan voqealar haqida edi. Endi esa, 1-oktabrda bilishingiz kerak bo‘lgan bayramlar haqida gaplashamiz.
O‘qituvchilar kuni
1-oktabr – O‘zbekistonda O‘qituvchilar kuni nishonlanadi. Sevimli o‘qituvchingiz, universitetdagi domlangiz va ta’lim tizimiga aloqador barcha insonlarni ushbu bayram bilan tabriklashni unutmang. Shuni ham unutmaslik kerak: bu – yer yuzidagi eng muhim kasblardan biri, shuning uchun qalbingizga yaqin ustoz va murabbiylarni sovg‘alar birga tabriklashni tavsiya qilamiz.
Keksalar kuni
1-oktabrda barcha ishlarni chetga surib, buvilar va bobolar davrasida vaqt o‘tkazamiz. Agar bunday imkoniyatingiz bo‘lmasa, ularga telefon qilib/ maktub yozib O‘zbekiston pochtasi orqali yuboramiz yoki ularni yaxshi so‘z bilan yodga olib, xotirlaymiz.
Musiqa kuni
Agar siz musiqachi bo‘lsangiz (yoki hech bo‘lmaganda qalban o‘zingizni shunday his qilsangiz), 1-oktabrda nishonlanadigan bu bayram sizni albatta xursand qiladi. Bugun shunday kun-ki, hech kim sizni gitara, baraban yoki klaviatura chalganingiz uchun tanqid qilmaydi, hatto ertalab dushda kuylashingiz mumkin.
Qahva kuni
Yer yuzidagi eng mashhur ichimlikning yil davomida ko‘plab tug‘ilgan kunlari bor bo‘lsa-da, bugun – eng asosiy kun. Ertalabni (va ish kunining oxirini) bir mazali amerikano yoki kapuchino bilan boshlaymiz. Yoki an’anaviy usulda: qahvani turkada damlaymiz, qahva qar qanday usulda tayyorlansa ham – mazali!
Balet kuni
1-oktabrda sahna va xoreografiya san’atining eng maftunkor turlaridan birining bayrami. Ehtimol, bu bir belgi – Navoiy teatrida baletga chipta sotib olish va ajoyib sahna ko‘rinishi, dekoratsiyalar go‘zalligi hamda balet truppasi mahoratidan bahramand bo‘lishning ayni vaqti kelganidan dalolatdir.
Vegetarianlik kuni
Issiq qonli hayvonlar go‘shtini iste’mol qilishni cheklab, o‘simlik asosidagi oziqlanishni targ‘ib qiluvchi ovqatlanish tizimi bayrami. Aytgancha, vegetarianlarning oziqlanish cheklovlari veganlarniki kabi unchalik qat’iy emas: ular ba’zida tuxum va sut mahsulotlarini iste’mol qiladilar.