10-avgust: vlogerlar kuni va kosmosda nishonlangan to‘y yubileyi
10-avgustda dunyoda birinchi uzoq masofaga qo‘ng‘iroq 1876-yilda Kanadada amalga oshirildi. Shuningdek, bugun 2003-yilda XKSda bo‘lib o‘tgan dunyodagi birinchi va hozirgacha yagona hisoblanadigan “Kosmik to‘y”ning yubileyi nishonlanadi. Kuyov – rossiyalik kosmonavt Yuriy Malenchenko, kelin – Yekaterina Dmitrieva bosh rolda bo‘lgan marosim NASA shtab-kvartirasining video aloqasi orqali o‘tkazilgan. Bugun yana qanday e’tiborga loyiq sanalar va bayramlarni nishonlash mumkin?
Butunjahon arslonlar kuni
Barcha hayvonlarning shohi, mashhur “Disney” mulfilmining asosiy yulduzi, shuningdek, yo‘qolib ketish arafasida turgan ulkan yirtqich hayvon. Shuning uchun ham bugungi bayram zoologlar, faollar va bu hayvonlarga befarq bo‘lmaganlar uchun muhim kun.
Jismoniy tarbiya murabbiyi kuni
Bugun maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, universitetdagi murabbiy yoki sizning ichki sportchingiz – barcha sport bilan shug‘ullanib, boshqalarga ham bunday foydali odatni o‘rgatishga urinadigan insonlarning bayrami. Demak, bugun razminka qilish uchun tashqariga chiqamiz, cho‘zilamiz, turniklar/arqonlarga osilamiz va tashqarida yengil yugirishni boshlaymiz. Qani, ketdik!
“Vloging” va videoblogerlar kuni
Shanba kunini xotirjam va shoshilmasdan o‘tkazishning ajoyib usuli: uyda sevimli blogerlaringizning vloglarini tomosha qilib o‘tkazing. Sayohat, moda, yulduzlar, video o‘yinlar yoki pazandalik – qisqasi har bir did sohibiga mos keladigan vlogerlarning vloglarini tomosha qiling.
Dangasalik kuni
10-avgustda nishonlanadigan bu bayram ham nima uchun uyda qolib, kuni bilan video blogerlarning kanallarini tomosha qilishni tanlaganingiz haqidagi savolning mukammal izohidir. Dangasalik ham san’at ekanligini unutmang, dangasalik vaqtini ham chiroyli o‘tkaza bilish – har kimga ham emas.
Mahalliy ko‘llar kuni
Agar dangasalikdan zerikkan bo‘lsangiz yoki endi bekor o‘tirishni xohlamasangiz, eng yaqin ko‘lga bir borib ko‘ring. Masalan, Nefrit ko‘llari – shunchalik chiroyliki, kishi hayratlanmay hech iloji yo‘q. Go‘zal manazalarda suratlarga tushib, ularni Instagramga qo‘yib obunachilaringizni ham xursand qilishni unutmang.
10-avgustda mashhurlardan kimlar tug‘ilgan:
- Antonio Banderas. Zorro roli uchun ko‘pchilik sevib qolgan aktyor va Gollivudning vaqtida eng chiroyli erkak aktryori. U “Shrek”dagi Etik kiygan Mushukka ovoz berganini ko‘pchilik bilamaydi.
- Kayli Jenner. 21 yoshida milliarderga aylangan AQShning eng boy ayoli! U bunga “Kylie Cosmetics” biznesi va nasl-nasabi – u Kardashyanlar oilasidan bo‘lganligi tufayli erishgan.
- Jastin Teru. Rejissyor Linch kinolaridagi aktyor, Jennifer Anistonning sobiq eri va “Temir Odam 2”ning ssenariy muallifi.