10-iyul: original pikniklar festivali va Tesla kuni
10-iyul kuni poygachi Mihael Shumaxer Britaniya Gran-prisida birinchi chempionlik unvoni uchun kurashni boshladi. “The Beatles” guruhi esa “bitlomaniya”ning boshlanishiga sabab bo‘lgan “A Hard Day Night” albomini chiqardi. Bugun – 10-iyulda yana qanday voqealar sodir bo‘lgani haqida batafsil ma’lumot beramiz.
10-iyulda nishonlanadigan bayramlar:
Kapibaralarga muhabbat kuni
Yerdagi eng chiroyli kemiruvchilarni yoqtiruvchilar uchun maxsus kun. Kapibaralar ko‘pincha kun memlarining asosiy qahramonlariga aylanishi bekorga emas – ular har qanday shokoladdan ko‘ra kayfiyatni ko‘tarib, bolalar va kattalar orasida juda mashhur.
Nikola Tesla kuni
10-iyul – o‘z davridan oldinda bo‘lgan ajoyib ixtirochi Teslaning tug‘ilgan kuni. U aylanuvchi magnit maydonining sirini kashf etdi, ko‘pfazali elektr energiyasi tizimini uzatish, inqilobiy texnologiya va radioaloqani ixtiro qildi.
Futbol hushtagining tug‘ilgan kuni
Yevro-2024 jadvaliga mukammal mos keladigan futbolchilar va toʻp bilan oʻynashni yaxshi koʻradiganlarning barchasi bayram qilishi mumkin bo‘lgan ajoyib futbol hushtagining bayrami.
Yumshoq ayiqchali piknik kuni
10-iyulda o‘zingiz bilan bolajoningizning sevimli momiq ayiqcha o‘yinchog‘ini olib, piknikka chiqishingiz mumkin. Agar hali farzandlik bo‘lmagan bo‘lsangiz, jiyaningiz va uni yumshoq ayiqchasi bilan piknikka chiqing, ishoning – bolalar bilan vaqt o‘tkazishning o‘ziga xos zavqi bor.
«Natto» kuni
Yaponlar yaxshi ko‘radigan (shunchalik yaxshi ko‘rishgandan uni sharafiga bayram ham o‘ylab topishgan) soyadan tayyorlanadigan g‘ayrioddiy tamaddi “Natto” deb nomlanadi. Bu shirin, tuzli, cho‘ziluvchan taom Yaponiyada odatda nonushtada iste’mol qilinadi. Soyada ko‘p miqdordagi oqsillar borligini inobatga olsa – nonushta ajoyib variant.
10-iyulda kimlar tug‘ilgan:
- Marsel Prust. Fransuz yozuvchisi va XX-asrning eng muhim asarlaridan biri – yetti jildlik “Yo‘qolgan vaqtni qidirib” asarining muallifi.
- Sofiya Vergara – kolumbiyalik model,«Amerikalik oila» teleserialining yulduzi,«Yaxshi bo‘lish osonmi» multfilmining ovozli aktrisasi va teleboshlovchi.
- Mario Gomes – germaniyalik futbolchi, Jahon chempionati va Yevropa chempionati medali sohibi.