10-sentabr: guldastalar bayrami va karamelli chizkeyk kuni
10-sentabrda Shveytsariya BMTning to‘laqonli a’zosiga aylandi, televizorlarda “X-fayllar” serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi, Pikassoning mashhur surati “Guernica” esa vatani Ispaniyaga qaytdi – u Madriddagi Prado muzeyida namoyish etilgan edi. Bular shu sanada sodir bo‘lgan qiziqarli voqealar,10-sentabrda qanday bayramlar nishonlanishi haqida esa quyida o‘qing.
O‘z joniga qasd qilishning oldini olish kuni
10-sentabrda nishonlanadigan ushbu bayram 2003-yildan beri butun dunyoda nishonlanib kelmoqda. IAPS va BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bu bayram orqali JSST: hayot kurashish va sevishga arziydigan asosiy insoniy qadriyat ekanligini eslatib o‘tadi.
Guldastalar kuni
Eng yorqin, eng katta va chin dildan sovg‘a qilinadigan guldastalar kuni. Agar siz biror kimni rostdan xursand qilmoqchi bo‘lsangiz, unda gul yetkazib berishni buyurtma qiling yoki florist bilan o‘zingiz guldasta yasang.
Fikrlar almashish kuni
Bugun hayolingizga ajoyib fikrlar kelsa, tortinmay tezda hamkasblaringiz va oilangiz bilan bo‘lishing. Kim biladi deysiz, ehtimol bu aynan sizning hayolingizga kelgan fikr yoki davrada amalga oshirilgan g‘oyalar almashinuvi, breynstorm anchadan beri harakatsiz yotgan loyihani yurgizishi yoki uzoq davom etgan oilaviy muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin.
Karamelli chizkeyk kuni
Chizkeykning bu turi shunchalik mazaliki, kishi o‘zini to‘xtatishining iloji yo‘q. Agar siz bayramlar yoki tug‘ilgan kunlarda qanday shirinlik tayyorlashni bilmasangiz, aynan shu shirinlikni tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.
Karamelli chizkeyk retsepti
Korjiga:
Pesochniy pechenye – 230 gr
Sariyog‘ – 90 g
Tvorogli kremiga:
Tuxum – 2 dona
Shakar upasi – 90 g
Tvorogli pishloq – 400 g
20% qaymoq – 100 ml
Karamel:
Shakar – 80 g
20% qaymoq – 50 ml
Sariyog‘ – 20 g
Yeryong‘oq – 50 gr (ixtiyoriy)
Tayyorlanishi:
- Pechenyelarni maydalab, yumshoq sariyog‘ bilan aralashtiramiz. So‘ng ularni qolipga solib, yon tomonlari bilan asos hosil qilamiz. Pechga 15 daqiqaga (180) qo‘yamiz.
- Tuxumni shakar upasi, tvorogli pishloq, qaymoq bilan ko‘pirtirib, silliq massa bo‘lguncha aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan nachinkamizni asosga quyamiz. Yana pechda 30 daqiqa (180) davomida pishiramiz. Keyin haroratni pasaytirib (150), yana 15 daqiqa davomida pishiramiz.
- Karamel uchun shakarni yog‘ bilan eritgach olovni o‘chiramiz va iliq qaymoq qo‘shamiz. Aralashtirib turgan holda, yeryong‘oqlarni qo‘shamiz va chizkeykni ustiga qoplaymiz.