РУ
O’Z
UZS
/
/
11-sentabr: bo‘lajak tadbirkorlar bayrami va Xotira kuni
10.09.2024

11-sentabr: bo‘lajak tadbirkorlar bayrami va Xotira kuni

11-sentabr: bo‘lajak tadbirkorlar bayrami va Xotira kuni

11-sentabrda Nyu-Yorkdagi Manxetten oroli ochildi, Prokofyevning Oltinchi simfoniyasi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Sovet qo‘shiqchisi Iosif Kobzon esa o‘zining konsert faoliyatini yakunladi. Aynan shu kunda Pentagon va Jahon savdo markaziga terakt uyushtirildi, AQShda “11-sentabr” Milliy memoriali va muzeyi ochildi. 11-sentabrda qanday bayramlar nishonlanishi haqidagi batafsil ma’lumotni esa quyidagi matndan bilib oling. 

Egizak minoralar xotirasi kuni 

AQSh va butun dunyo uchun eng fojiali kunlardan biri – Egizak minoralar qulaganining yilligi. 2001-yil 11-sentabrdagi terakt qurbonlar soni bo‘yicha eng yirigi bo‘lgan: 3 mingga yaqin odam vafot etgan, ko‘plari esa bedarak yo‘qolgan. 

Mehrli muloqot qilish kuni 

11-sentabr shirinso‘z, mehribon va e’tiborli bo‘lish, shuningdek, oila a’zolaringizni erkalatib chaqirish uchun yaratilgan bayramdir. Siz uchun bu qiyin ish emas, albatta, ularga esa bu juda yoqadi, ishoning! 

To‘shaklarni tartibga keltirish kuni

Iloji boricha to‘shaklaringizni g‘ijim holda qoldirmang. Ishga, sport mashg‘uloti yoki bolalarni maktabga eltib qo‘yishga shoshilayotgan bo‘lsangiz ham – karavotingizni tuzatib ketishga vaqt ajrating. Aytishlaricha, bu eng intizomli odamlarning odatidir. 

O‘z biznesingizni boshlash kuni 

Yoki o‘z biznesingizni boshlash strategiyasini rejalashtirish kuni. Endi ish boshlagan tadbirkor yoki “yaxshigina” tajribali tadbirkor ekanligingiz muhim emas – bu bayram muvaffaqiyatga erishish va yaxshi ishlab topishga intilgan har bir kishini tenglashtiradi.

Sokin kun

11-sentabrda xotirjamlanib, miyamizni toliqtiradigan barcha shovqin turlarini kamaytirish va iloji boricha quloqchinlardan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz. Shovqinli kafe yoki gavjum joylardan ko‘ra e’tiboringizni sokin park, xiyobon yoki ko‘nglingiz taskin topadigan joylarda ko‘proq vaqt o‘tkazishingizni taklif qilamiz.