/
/
13-avgust: chapaqaylar bayrami va yoqimli uchrashuvlar kuni
12.08.2024

13-avgust: chapaqaylar bayrami va yoqimli uchrashuvlar kuni

1899-yil 13-avgustda AQShda avtomat-telefon patentlandi va roppa-rosa 33 yil o‘tgach, Italiyada qisqa to‘lqinli radio sinovdan o‘tkazildi. Xuddi shu kuni Nyu-Yorkda birinchi taksi qatnovi yo‘lga qo‘yildi, Tunisda esa mini-yubka kiyish taqiqlandi. Bugungi kunda yana qanday muhim voqealar va bayramlar butun dunyo bo‘ylab nishonlanishini quyidagi maqolada tanishtiramiz. 

13-avgust: chapaqaylar bayrami va yoqimli uchrashuvlar kuni

Chapaqaylar kuni 

Chap qo‘lidan aktiv foydalanishga odatlangan fuqarolar uchun norasmiy bayram. Tanishlaringiz ichida shunday insonlar borligiga aminmiz, shuning uchun bugungi kun bilan ularni tabriklab qo‘yishni unutmang. 

Uchrashuvlar kuni 

Yoqimli va quvonchga to‘la uchrashuvlar. Ish haftasi qizg‘in pallada bo‘lishiga qaramay, biror romantik uchrashuv yoki do‘stlaringizni kechki ovqatga taklif qilish uchun vaqt ajrating. Oila a’zolaringiz bilan vaqt o‘tkazish ham yaxshi fikr, ayniqsa, anchadan beri qarindoshlaringiz bilan ko‘rishmagan bo‘lsangiz. 

Bifshteks kuni 

Barcha go‘sht iste’mol qiluvchilarga manzur bo‘ladigan bayram. Demak bugun, bozorga chiqib, mol go‘shtining eng yaxshi qismini tanlab, uyda pazandalik musobaqasini uyushtiramiz. Yoki go‘shtni mazali pishira oladigan tanishlaringizga mehmonga boramiz. Shirinlik bizdan!

Organ donorlari kuni 

13-avgustda butun dunyoda nishonlanadigan bayram. Ijtimoiy tarmoqlarda #WorldOrganDonationDay heshtegi ostida ishlatiladi. Bunda odamlar o‘z postlarida transplantatsiya sohasida o‘z tajribalari bilan almashadilar, shuningdek donorlikning afsonalari haqida o‘rtoqlashadilar. 

13-avgustda tug‘ilganlar:

  • Alfred Xichkok. Dunyodagi eng mashhur rejissyorlardan biri, Oskar sovrindori va detektiv trillerlar dahosining yaratuvchisi. Uning “Psixo”, “Hovli derazasi” va “Bosh aylanish” filmlarini tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.
  • Fidel Kastro. Kubalik inqilobchi, uning faoliyati hali ham bahsli hisoblanadi. Ammo u haqida hatto siyosatga aloqasi bo‘lmaganlar ham eshitgan.
  • Keysi Afflek. 2016-yilning eng sensatsion filmlaridan biri “Dengiz bo‘yidagi Manchester” filmida bosh rolni ijro etgan aktyor va Ben Afflekning akasi.