14-sentabr: Hind tili bayrami va birinchi tibbiy yordam kuni
14-sentabrda Karl Marksning “Kapital” asarining birinchi to‘plami chop etildi, “Luna-2” sovet kosmik kemasi va nihoyat aynan Oy yuzasiga yetib bordi, Atlantika bo‘ylab esa havo sharida birinchi parvoz amalga oshirildi. 2003-yil aynan shu kunda Shvetsiya yangi valyuta – yevroga o‘tishdan bosh tortdi, Estoniya esa Yevropa ittifoqiga qo‘shildi. 14-sentabrda qanday bayramlar butun dunyoda nishonlanishini quyidagi maqoladan bilib oling.
Katta sendvich kuni
Yoki hamma sevib iste’mol qiladigan buterbrodlarning kuni. Bugun sayyoramizdagi eng mazali sendvichni sovutgichingizda bor narsalardan nonushta (yoki tushlik) uchun tayyorlashni taklif qilamiz. Ammo mahsulotlarning amal qilish muddatini tekshirishni unutmang! Sog‘lig‘ingizga e’tibor – birinchi o‘rinda!
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kuni
14-sentabrda ushbu bayram butun dunyoda Qizil xochning taklifiga ko‘ra nishonlanishi bejizga emas. Axir birinchi tibbiy yordamning ahamiyatini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi: biror kim jarohatlanib, vaqt tig‘izlashganda, qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatishga ulgurish kerak. Shunda siz uning nafaqat sog‘lig‘i, balki hayotini ham saqlab qolishingiz mumkin.
Ijod kuni
Agar siz uzoq vaqtdan beri rasm chizish, ko‘za yasash yoki o‘zingizning birinchi qo‘shig‘ingizni yozishni xohlagan bo‘lsangiz, istaklaringizni amalga oshirishning vaqti keldi. 14-sentabrda bajarish mumkin bo‘lgan ishlaringizni ertaga qoldirmay, uzoq kutilgan ijodiy ishingiz bilan shug‘ullaning – bundan yaxshigina zavqlanib, o‘zingiz bilan faxrlanishingiz aniq.
Hind tili kuni
Garchi bu bayram Hindistonda nishonlansa-da, hech kim bizga bu bayramni nishonlashga qo‘shilishimizga qarshi bo‘lmaydi. Hind tili haqida qiziqarli faktlar: bu dunyodagi beshinchi eng mashhur til bo‘lib, unda ingliz tilidan olingan so‘zlar juda ko‘p va 48 ta dialektga ega! Agar Fiji yoki Mavrikiy orollariga sayohatga borsangiz, duch kelgan birinchi kafe yoki mehmonxonada hind tilini albatta eshitishingiz mumkin.