РУ
O’Z
UZS
/
/
15-iyul: bolalarni quchoqlash va yoshlar ko‘nikmalari kuni
12.07.2024

15-iyul: bolalarni quchoqlash va yoshlar ko‘nikmalari kuni

15-iyul: bolalarni quchoqlash va yoshlar ko‘nikmalari kuni

1975-yil 15-iyulda “Soyuz-Apollon” kosmik eksperimenti yo‘lga qo‘yildi, Bryus Uillis ishtirokidagi “O‘tda yonmas” (“Krepkiy oreshek”) chiqarildi, AQShda esa mikrobloglash xizmati Twitter tashkil etildi. Bu kunda yana qanday voqealar eslanadi va 15-iyulda yana qanday bayramlar butun dunyo bo‘ylab nishonlanishini bayramlar taqvimimizdan bilib oling. 

15-iyulda nishonlanadigan bayramlar: 

Butunjahon yoshlar ko‘nikmalari kuni 

BMT tomonidan tashkil etilgan ushbu bayram – yangi avlodni tarbiyalash muhimligi haqidadir. Bularning hammasi esa yoshlarga munosib martaba qurish, o‘z biznesini boshlash va mustahkam oila yaratishga yordam beradigan ko‘nikmalar bilan bog‘liq. 

“Bolajoningizni quchoqlang” kuni 

Bu bayramni nafaqat 15-iyulda, balki har kuni nishonlashga arziydi. Bu bayramning asl mazmunini onajonlar yaxshi tushunadi. Bu bayramni nishonlash bo‘yicha hech qanday yo‘riqnomalar mavjud emas, bu kunni qanday o‘tkazishni o‘zingiz yaxshi bilasiz. Albatta, g‘amxo‘rlik va mehr bilan. 

Margarinning tug‘ilgan kuni 

Sovet (va nafaqat) pishiriqlarining asosiy tarkibi bo‘lgan mahsulotning tug‘ilgan kuni. Bayram sharafiga margarinning unutilgan mazali ta’mini eslab olishingiz mumkin, ammo biz hozirda uning o‘rniga sariyog‘ni ishlatishingizni tavsiya qilamiz. Chunki u gormonal tizim uchun foydali va xolesterin darajasini uncha ko‘tarmaydi. 

Ginekologlar kuni 

Bu bayram Rossiyada nishonlanadi, ammo biz uni O‘zbekistonda ham nishonlashga qaror qildik. Ayollar salomatligi juda muhim. Homiladorlikni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz ham, ginekolog tashrifiga muntazam tekshiruvlarga borishni yodda tutishingiz kerak. 

“Indan chiqish” kuni 

Dushanba ko‘ngilxushlik qilish uchun qulay kun emas, ammo tashqarida yoz fasli, shuning uchun kayfiyatimiz ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Shuning uchun bugun ishdan qaytishda, marshrutni ozgina almashtiring: eng yaqin park, kafe yoki hiyobonga sayr qilishga boring. Uyda o‘tirishga doim vaqtingiz bo‘ladi. 

15-iyulda kimlar tug‘ilgan:

  • Rembrandt. Gollandiyalik mashhur sanʼatkorlardan biri, sanʼat sohasida “Oltin asr”ning vakili.
  • Dayan Kryuger. “Uchovlon”, “Manfur kimaslar” va boshqa mashhur filmlarda ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan Gollivud aktrisasi.
  • Aleksandr Vasilyev. Musiqachi, rus “Splin” guruhining solisti.