/
/
16-avgust: muhabbat, murabbo va Joker kuni
15.08.2024

16-avgust: muhabbat, murabbo va Joker kuni

16-avgustda Xalqaro Astronavtlar Akademiyasi tashkil etilgan, Kipr mustaqil respublika bo‘lgan, musiqachi Ringo Star “The Beatles”ga qo‘shilgan, va qo‘shiqchi Madonna aktyor Shon Penn bilan turmush qurgan. Bugun yana qanday qiziqarli voqealar va bayramlar mavjudligini 16-avgist taqvimida ko‘rib chiqamiz.

16-avgust: muhabbat, murabbo va Joker kuni

“True Love” (Haqiqiy muhabbat) kuni

O‘sha haqiqiy, kechirimli, sodiq va (ba’zan) abadiy muhabbat kunidir. Ushbu bayram sharafiga romantik komediyalarni qayta tomosha qilib, munosabatlardagi mehr-muhabbat, bir-biriga intilishlar va albatta sevgi izhorlari bo‘lgan tuyg‘ularni eslab olishni tavsiya qilamiz.

Malinali murabbo kuni

16-avgustda malinadan banka yopamiz yoki tayyor yopilgan bo‘lsa, malinali murabboni ochib ishtaha bilan iste’mol qilamiz. Uni quymoqlar, tvorog, sirniklarga qo‘shib iste’mol qilish yoki malinali pirog tayyorlash mumkin. Malina har qanday holatda iste’mol qilganda ham – juda mazali!

Joker kuni

Bu bayram o‘ynaladigan kartalar to‘plamidagi o‘sha qahramonga bag‘ishlangan, ammo uni komikslardagi yovuz qahramon bilan bog‘lash ham mumkin. Joakin Feniks suratga tushgan “Joker” filmi Gollivudda juda mashhur bo‘ldi, “Joker 2” premyerasi esa 2024-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Harli Kvinning sevgilisi rolida – Lady Gaga.

Elvis Preslini xotirlash kuni

Rock-n-roll’ning qiroli va o‘z vaqtining haqiqiy eng sevimli erkagi bo‘lgan Elvis Preslini yod etish kuni. Ushbu bayramda o‘z pleylistingizda Elvis Preslining hitlarini tinglashni tavsiya etamiz.

Erkaklarning sochlarini kesish kuni

Bu Toshkentdagi barbershopga yoki doim soch oladigan salonga yozilish uchun yaxshi sabab. Yoki yaxshi soch kesadigan biror tanishingiz yoki oila a’zolaringiz yordamida uyda sochlaringizni kaltartirishingiz ham mumkin. Istasangiz 2024-yilning erkaklar soch kesish trendlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin – ular ayollarning soch kesishidan hech ham qolishmaydi.

16-avgustda tug‘ilganlar:

  • Jeyms Kemeron. Gollivud rejissori, “Oskar” sovrindori va “Terminator” va “Avatar” filmlarining yaratuvchisi.
  • Madonna. Amerika pop-musiqasining qirolichasi va jahon musiqasining afsonasi. Luiza-Mariya Chikkone (asl ismi)ni tabriklaymiz va Madonnaning eng zo‘r kliplarini qayta tomosha qilib chiqamiz.
  • Stiv Karell. “Office” serialidagi komik aktyor. Agar hali ko‘rmagan bo‘lsangiz, juda tavsiya etamiz – bu og‘ir ish kunidan so‘ng yaxshi dam oldiradigan film.