РУ
O’Z
UZS
/
/
16-sentabr: jingalak sochlilar bayrami va Shekspirning Julyettasi kuni
16.09.2024

16-sentabr: jingalak sochlilar bayrami va Shekspirning Julyettasi kuni

16-sentabr: jingalak sochlilar bayrami va Shekspirning Julyettasi kuni

16-sentabr – “General Motors” avtomobil kompaniyasining yaratilishi, Nyu-Yorkda ta’mirlangan “Metropolitan Opera”sining ochilishi va Britaniyada “Qora chorshanba” kuni – funt sterling rekord darajada pasaygan kundir. Bu16-sentabrda bo‘lib o‘tgan esda qolarli voqealar, shu sanada qanday bayramlar millionlab kishilarning e’tiborini tortishini ushbu matndan o‘qing. 

Ozon qatlamini saqlash kuni 

BMT ko‘magida yaratilgan xalqaro bayram. Bosh kotib va tashkilot vakillari o‘z xabarlarida odamlardan ogoh bo‘lish va osmon, ozon qatlamini asrash va kelajak avlodlarni himoya qilish uchun qo‘ldan keladigan hamma narsani qilishga chorlaydi. 

Jingalak sochlilar va lokonlar kuni 

Agar siz tabiatan jingalak sochli bo‘lsangiz yoki har kuni chiroyli bo‘lish uchun sochlaringizni jingalak qilsangiz – demak, bugun sizning kuningiz. Bugun bayram sharafiga go‘zallik saloniga borish, sevimli lokonli soch turmagini qilishingiz yoki sochlarni tekislaydigan ploykalardan voz kechishingizni taklif qilamiz. 

Jultettaning tug‘ilgan kuni

Shekspirning eng mashhur qahramonlaridan biri, sevgi uchun o‘zini qurbon qilgan go‘zal qizning kuni. Sevgi yo‘lida o‘zini qurbon qilishni zamonaviy psixologlar qo‘llab-quvvatlashmasa-da, ilgari bu juda romantik hisoblangan. Agar haligacha Shekspirning “Romeo va Julyetta” asarini o‘qimagan bo‘lsangiz, bugun ayni vaqti – axir bu kitob buyuk va barcha zamonlarning kitoblar ro‘yxatidan joy olgan. 

Guakamole kuni 

Guakamole – ziravorlar, pomidor, limon sharbati va ko‘katlar qo‘shib, avakado pyuresidan tayyorlanadigan sovuq gazakdir. Uyda uni tayyorlab ko‘rishingizni taklif qilamiz. Guakamole retsepti kulgili darajada oddiy, avokadoni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha havolani esa bonus sifatida keltiramiz. 

Guakamole retsepti 

Avakado – 2 dona.

Pomidor – 1 dona.

Limon sharbati – 40 ml.

Kashnich – 2 shoxcha

Qalampir, tuz 

Tayyorlanishi:

Pishgan avokadoning mag‘zini pyure shakliga keltirib, limon sharbati qo‘shamiz. Aralashmaga kashnich, pomidor va ziravorlar qo‘shib, aralashtiramiz. 

Guakamoleni qancha vaqt saqlash mumkin? 

Guakamole sovutgichda 1-2 kun davomida (plyonka ostida) saqlanishi mumkin. Ammo uni iloji boricha tez yeb tugatish kerak, axir uning barcha mazasi yangiligidadir!