/
/
17-iyul: Disneylend bayrami va emojilar kuni
16.07.2024

17-iyul: Disneylend bayrami va emojilar kuni

17-iyuldan Yaponiyaning birinchi poytaxti Kioto rasmiy ravishda Tokioga ko‘chirilgan, Ispaniyada 1936-yilgi fuqarolar urushi boshlangan, Yevropadagi birinchi tog‘ temir yo‘li esa Avstriyada ish boshlaganini bilarmidingiz? Bu shu kunda sodir bo‘lgan voqealar. 17-iyul taqvimida qaysi bayramlar nishonlanishi haqidagi ma’lumotni ko‘rib chiqamiz. 

17-iyul: Disneylend bayrami va emojilar kuni

17-iyulda nishonlanadigan bayramlar

Butunjahon emojilar kuni 

Ularsiz biz endi Telegram va boshqa messenjerlardagi xabarlarni tasavvur ham qila olmaymiz. O‘z his-tuyg‘ularimiz haqida gapirishga kuchimiz va istagimiz bo‘lmaganda “smayliklar” yoki emojilar bizga yordam beradi. Ming so‘z o‘rniga! Shuning uchun bugun bayram sharafiga faqat emojilar yordamida muloqot qilishingiz mumkin. 

Sovg‘a berish kuni 

17-iyul – uzoq vaqtdan beri istagan sovg‘a haqida yaqiningizga ishora qilish yoki aksincha, yaqinlaringizga sovg‘a ulashish uchun yana bir sababi. Sovg‘a hashamatli bo‘lishi shart emas (ammo agar istasangiz, bemalol), sovg‘a kichkina bo‘lsa-da, yoqimli bo‘lishi kerak. 

Etnograflar kuni 

Turli madaniyatlarning uy sharoiti, urf-odatlari va udumlari haqida hamma narsani biladigan odamlarning professional bayrami. Ish judayam qiziqarli va hayajonli: ekspeditsiya, qazilmalar, olimlar bilan ishlash. Ammo etnograf kasbining eng muhim afzalligi butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatidir. Bugungi bayram bilan tabriklaymiz va havas qilib qo‘yamiz. 

Disneylendning tug‘ilgan kuni 

Har bir bolaning, qolaversa kattalarning ham orzuidagi parkidir. 1955-yil 17-iyulda Kaliforniyadagi birinchi Disneylend 23 ta diqqatga sazovor joy bilan o‘z eshiklarini ochdi. Shuning uchun bugun shu parkning ajoyib analogi bo‘lgan Toshkentdagi “Magic City”ga tashrif buyurib, bir necha karusellarni mazza qilib minishni tavsiya qilamiz. 

Urf-odatlar kuni 

Qanday urf-odatligi muhim emas, asosiysi ular sizning oilangiz yoki mamlakatingizdan kelib chiqqan bo‘lsa bo‘ldi. Bugungi kun sharafiga milliy chopon, adras nusxa ko‘ylak kiyib, oilaviy kechki ovqatga borishni tashkil qiling. Yoki yangi an’ana: masalan, 17-iyulda mini-sovg‘alar berish kunini kashf qiling. 

17-iyulda kimlar tug‘ilgan:

  • Donald Sazerlend. “Ochlik o‘yinlari” franshizasining aktyori va Gollivud yulduzi. U filmda asosiy yovuz – Kapitoliy prezidenti Koriolan Snouni o‘ynagan.
  • Malika-konsort Kamilla. U Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning turmush o‘rtog‘i va marhum malika Diananing asosiy raqibi bo‘lgan.
  • Vong Kar-Vay. Gonkongdagi san’at uyidagi eng mashhur direktorlardan biri. Uning “Sevgi kayfiyati” asarini tomosha qiling, bu sizga estetik zavq bag‘ishlashi aniq.