19-iyulda qanday bayram nishonlanadi va nima uchun bugun murabboli pirog yeyish kerak?
19-iyulda dunyodagi birinchi fotosurat chop etildi – uni 1822 yilda fransuz ixtirochisi Nisefor Nyeps chiqargan. Xuddi shu kuni (lekin oradan 24 yil o‘tib) Gollivud yulduzi Merilin Monro ilk filmlar ko‘rigidan o‘tdi, 1980 yilda esa Moskvada XXII yozgi Olimpiya o‘yinlari ochildi. 19-iyulda yana qanday voqealar va bayramlar bo‘lib o‘tgani haqida bugun tanishtirib o‘tamiz.
19-iyulda nishonlanadigan bayramlar
Xalqaro reteyner kuni
Tish shifokorlarining hayotini soddalashtiradigan ortopedik qurilma: chunki u breketlarni olib yechgandan so‘ng natijani mustahkamlashga yordam beradi. Gollivud tabassumi uchun kishi nimalar qilmaydi deysiz!
Murabboli pirog kuni
Rossiyada ixtiro qilingan va piroglarga malina murabbosini qo‘shishni taklif qilingan bayram. Agar sizda ham malina murabbosi bo‘lsa, quyida malina pirogi retseptini keltiramiz. Unga o‘zingiz yoqtirgan boshqa murabbo va hatto yangi, lekin shakar bilan maydalangan mevalar bilan tayyorlashingiz mumkin.
Malinali murabbo retsepti:
- Bug‘doy uni – 750 g
- Sut – 1/2 l.
- Quruq xamirturush – 8 g.
- Tuxum – 3 dona.
- Sariyog‘ – 55 g.
- O‘simlik yog‘i – 95 ml.
- Malinali murabbo – 250 ml.
Tayyorlanishi:
- Quruq masalliqlar: un, xamirturush va shakarni birlashtiramiz. Biroz isitilgan sutga urilgan tuxum va o‘simlik yog‘ini qo‘shamiz.
- Aralashmani quruq masalliqlar solingan idishga quyamiz. Ta’bga ko‘ra apelsin yoki limon sedrasini xushbo‘ylik uchun qo‘shishingiz mumkin.
- Xamirni qorib olib, ustini yopamiz, issiq va qorong‘i joyga qo‘yamiz (1 soatga).
- Xamirni bo‘lakchalarga bo‘lib, har birini aylana shaklida yoyamiz. O‘rtasiga murabboni solib, xamirni yon tomonlarga mahkamlab qo‘yamiz.
- Piroglarni pech listiga joylaymiz va ularni yog‘ bilan yog‘laymiz.
- Oldindan 180 gradusga qizdirilgan tandirga pirogchalarimizni solib, yarim soat davomida pishiramiz.
Yangi do‘stlar orttirish kuni
“Yangi do‘stdan eski do‘st afzalroq” degan naql bor, ammo bu yangi tanishlar orttirishga hech to‘sqinlik qilmaydi. Bundan tashqari, turli odamlar bilan muloqot qilish bizning hayotda o‘sishimiz va rivojlanishimizning kaliti, yangi o‘zgarishlarga yo‘l ochishning bir usulidir.
Sharsharalar kuni
Tabiat mo‘jizalaridan biri bo‘lib, xuddi bizning tanlovimizda jamlangan yozgi manzaralar kabi, sharsharalarni ham cheksiz tomosha qilishingiz mumkin.
19-iyulda kimlar tug‘ilgan
- Vladimir Mayakovskiy. She’rlari ko‘plab asarlarning: musiqa va kinodan tortib, ijtimoiy tarmoqlarda iqtiboslar bilan ommaviy sahifalargacha asosini tashkil etgan rus shoiri.
- Edgar Dega. Fransuz rassomi va impressionizm maktabining eng yorqin vakillaridan biri. Uning “Moviy raqqosalar” asari butun dunyo san’at tanqidchilarining mehrini qozondi.
- Benedikt Kamberbetch. “Sherlok” seriali yulduzi va “Marvel” koinotigi o‘sha “Doctor Strange”.