РУ
O’Z
UZS
/
/
19-sentabr: biznes-ledilar bayrami va smaylikning tug‘ilgan kuni
18.09.2024

19-sentabr: biznes-ledilar bayrami va smaylikning tug‘ilgan kuni

19-sentabr: biznes-ledilar bayrami va smaylikning tug‘ilgan kuni

19-sentabrda AQShda avtomobillarda yotadigan o‘rindiqlar patentlangan, Sovet-Fin urushi yakunlangan va sovet “Mi-24” vertolyoti uchishga chiqqan. Shu kuni, 2022-yilda, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II oilaviy maqbaraga dafn etilgan. Bular bugungi sanada sodir bo‘lgan voqealar, 19-sentabrda qanday bayramlar nishonlanishini bilasizmi?

Smaylik kuni

Aynan 19-sentabrda amerikalik informatika mutaxassisi Skott Falman dunyoga smayliklardan foydalanishni taklif qildi. Bu internet orqali muloqot qilishda hissiyotlarni ifodalashni osonlashtirish uchun edi. Hozirda esa biz bu – xafa, quvnoq, sevib qolgan va boshqa turli ifodali “kichkintoylar”larsiz qanday yashaganimizni, tasavvur qilish qiyin.

Papayya kuni

Ekzotik meva bo‘lib, uni issiq mamlakatlarga sayohat qilishda tatib ko‘rish mumkin. Papayya Meksikadan kelib chiqqan va uni “to‘q sariq quyosh” deb atashadi, shuningdek, u vazn tashlayotganlarning sevimli mevasi. Papayyada kam kaloriya va ko‘p foyda bor: u tolalar, organik kislotalar va vitaminlar manbai hisoblanadi. Papayyani diabetga chalinganlar ham iste’mol qilishi mumkin!

Sayohat qiluvchi biznes-ledilar kuni

Yoki ko‘p ishlaydigan va tez-tez xizmat safarlariga boradigan ayollarning kuni. Zamonaviy dunyo yangi qoidalarni talab qiladi, ko‘p ayollar esa muvaffaqiyatli karyera qurmoqda: dekretda ham ishlab, boshqa mamlakatlarda biznes ochib, o‘z orzularidan daromad olishmoqda. Biz esa ularga tasanno aytamiz.

Qaroqchilarni taqlid qilish kuni

Agar o‘g‘lingiz hovlida qaroqchilar o‘yinini o‘ynashni yoqtirsa va “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi Jek Vorobeyga qiziqsa, 19-sentabrda bu bayramni nishonlash unga albatta yoqadi. Eng yaxshi bolalar kitoblari qaroqchilar haqida bo‘lib, ular orasida “Xazina oroli”, “Piter Pen” va boshqalar bor.

Yana bir qahva kuni

Bugun Irlandiyada qahva kuni nishonlanadi, demak, alkogolsiz irlandcha qahva retseptini bo‘lishadigan vaqt keldi. U oson tayyorlanadigan va juda mazali ichimlikdir.

Alkogolsiz irlandcha qahva retsepti

  • Qahva – 150 ml
  • Vanil ekstrakti – bir necha tomchi
  • Irish siropi (yong‘oqli sirop ham bo‘ladi) – ta’bga ko‘ra
  • 20% qaymoq – 75 ml
  • Dolchin

Tayyorlanishi:

Sizga qulay texnologiyada qahvani damlaymiz. Unga vanil va sirop qo‘shamiz. Qaymoqni ko‘pirtiramiz va qahvaning ustiga “shapka” qilib quyamiz. Ustidan dolchin yoki muskat yong‘og‘ini sepamiz.