2-avgust: Bo‘yoqlar bilan ishlash bayrami va Telegram’ning ilk ajdodi kuni
1870-yil 2-avgustda Londonda metroning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi, SSSRga birinchi havo desantlari qo‘ndi, 2007-yilda esa Shimoliy muz okeanining tubiga birinchi marta yetib borildi. Bugun – 2-avgustda yana qanday qiziqarli voqealar va bayramlarni nishonlash mumkin? Quyida, barchasi haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Fontanlar kuni
Toshkent yoki boshqa o‘z shahringiz bo‘ylab kechki sayrga chiqib, oqshomni fantan bo‘yida o‘tkazishingiz uchun ajoyib sabab. Yozda fontanlardan bahramand bo‘lmasak, yana qachon bunga ulguramiz? Axir yoz tugashiga ham hech qancha – atigi bir oy qoldi.
Pochta qutisining tug‘ilgan kuni
Elektron pochtaning “cho‘qintirgan otasi” va Telegram’ning katta bobosi. Oxirgi marta qachon haqiqiy xatlar yozib, ularni pochtachining temir “seyf”iga joylaganingiz esingizdami? Aytgancha, bu anchadan beri yoqtirgan insoningizni uchrashuvga chaqirishning bir ajoyib va juda romantik usuli.
Bo‘yoqlar bilan ishlash kuni
AQShda ancha oldin ixtiro qilingan bayram bo‘lsa-da, uni hanuzgacha bolalar va kattalar yoqtirishadi. Keling, bugungi bayram sharafiga rang berish kitoblarini sotib olib, ijodkorlikni boshlaymiz. Aytishlaricha, aynan chizish va bo‘yash (va san’at terapiyasi) bola uchun o‘z fikrini bayon qilishning eng yaxshi usuli ekan.
Muzqaymoqli sendvich kuni
Ikki pechenye yoki vafli o‘rtasida “yashiringan” muzqaymoq. Hamma tayoqchali va stakanchali muzqaymoqlardan charchagan bir paytda ixtiro qilingan ushbu mazalar uyg‘unligi barchaga mukammal tuyulgan edi. Agar siz bu turdagi shirinlikni emas, klassik muzqaymoqni yaxshi ko‘rsangiz – siz uchun maxsus Toshkentdagi eng yaxshi muzqaymoq sotadigan maskanlar ro‘yxatini to‘pladik. Variantlar juda ko‘p.