/
/
2-sentabr: kokos festivali va O‘zbekistondagi ulkan dam olish kunlari
31.08.2024

2-sentabr: kokos festivali va O‘zbekistondagi ulkan dam olish kunlari

2-sentyabrda Xitoyda televideniye paydo bo‘ldi, Rossiya va AQSh XKS (Xalqaro kosmik stansiya)ni yaratishga kelishib oldi. O‘zbekiston esa kirill alifbosini lotin alifbosiga almashtirilishi e’lon qilindi – 1993-2000 yillarda. Shuningdek, bu kunda Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi ham nishonlanadi. 2-sentabrda yana qanday bayramlar nishonlanishini Toping.uz taqvimidan bilib oling. 

2-sentabr: kokos festivali va O‘zbekistondagi ulkan dam olish kunlari

O‘zbekistonda dam olish kunlari 

O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan  Vazirlar Mahkamasi 4 kun davomida dam olishga ruxsat berdi! Bu esa farzandingizni maktabga tayyorlash, uy ishlarini bajarish va shunchaki dam olish uchun vaqtingiz bo‘lishini anglatadi.

Kokos kuni 

Butun dunyoda nishonlanadigan ekzotik meva sharafiga bag‘ishlangan bayram. Agar siz uning muxlisi bo‘lmasangiz ham, bugungi menyuingizda kokosli taomlar – kokos kukuni qo‘shilgan pishiriq, kokos suti qo‘shilgan bo‘tqa yoki hech bo‘lmaganda “Baunti” shokoladini iste’mol qilishga harakat qiling. Axir bu juda mazaliku! 

Quloq teshish kun 

Agar siz uzoq vaqtdan beri o‘zingiz yoki farzandingizning qulog‘ini teshmoqchi bo‘lsangiz, 2-sentabr aynan shu uchun yaralgan. Har qanday obrazingizni bezatadigan va o‘ziga xoslik qo‘shadigan yoqimli va zamonaviy sirg‘alarni tanlashni ham unutmang. Ammo bu sirg‘alar faqat sifatli metalldan bo‘lishi kerakligini unutmang! 

Tayoqchali eskimo kuni 

Agar 2024-yil yoz faslida to‘yib muzlatilgan shirinlikni yetarlicha iste’mol qilmagan bo‘lsangiz, unda ushbu bayram bu xatoni tuzatish uchun ajoyib imkoniyatdir. Buni esa Toshkentdagi yoki sizning ona shahringizdagi eng yaxshi muzqaymoq sotadigan joylarda amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz. 

2-sentabrda tug‘ilganlar:

  • Kianu Rivz. Gollivud aktyori va “Matritsa” filmidagi o‘sha Neo. Kianu ishtirokidagi eng zo‘r filmlar: masalan, “Jon Uik”ning barcha qismlarini tomosha qilamiz.
  • Salma Xayek. Meksikalik aktrisa, sayyoradagi eng boy odamlardan birining xotini va juda latofatli ayol. Bizga uning “Frida” filmidagi roli juda yoqadi, siz ham bir tomosha qilib ko‘ring.
  • Valentin Gaft. Mashhur sovet filmlarining yulduzi, shuningdek zamonaviy filmlar: “Bahorning o‘n yetti lahzasi”dan “Archalar”gacha.