/
/
Unicode Konsorsiumi 2024-yilning Eng Kutilgan Smayligini Tasdiqladi: Yangi Emojilar
13.09.2024

Unicode Konsorsiumi 2024-yilning Eng Kutilgan Smayligini Tasdiqladi: Yangi Emojilar

Unicode konsorsiumi sakkizta yangi emojini maʼqulladi. Ular smartfon va kompyuter foydalanuvchilariga operatsion tizimlarga Unicode standartining 16.0 versiyasi joriy etilgandan soʻng taqdim etiladi.

2024-yilning eng kutilgan smayligi Unicode konsorsiumi tomonidan tasdiqlandi

Yangi emojilar orasida arfa, belkurak, siyoh dogʻi, barmoq izi, ildizmeva, yaproqsiz daraxt, La-Mansh boʻgʻozidagi Sark oroli bayrogʻi va koʻz ostida qoraliklari bor charchagan yuz tasvirlari mavjud.

Emojipedia loyihasi soʻrovlariga koʻra, soʻnggi smayl 2024-yilda eng koʻp kutilayotgan smayl hisoblanadi. Koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uyqusiz tundan keyingi holatlarini mukammal aks ettiradigan koʻz osti qoraliklari bor yangi yuz tasviridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Unicode konsorsiumi 16.0 versiyasini tasdiqladi va umumiy belgilar soni 154 998 taga yetganini maʼlum qildi. Yangi emojilar keyingi bir necha oy ichida va butun 2025-yil davomida operatsion tizimlarda paydo boʻla boshlaydi.

Unicode konsorsiumi Kaliforniya shtatining Mountain Viyew shahrida roʻyxatdan oʻtgan va joylashgan notijorat tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi mavjud belgilarni kodlash tizimlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan Unicode standartini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.