РУ
O’Z
UZS
/
/
21-iyul: Kaloriyalar festivali va o‘zga sayyoraliklar bilan muloqot qilish kuni
20.07.2024

21-iyul: Kaloriyalar festivali va o‘zga sayyoraliklar bilan muloqot qilish kuni

21-iyul: Kaloriyalar festivali va o‘zga sayyoraliklar bilan muloqot qilish kuni

1969-yil 21-iyulda kosmonavt Nil Armstrong Oyga qadam qo‘ydi, so‘ng unga hamkasbi Bazz Oldrin ham qo‘shildi. Xuddi shu kuni 2007 yilda, Garri Potter haqidagi yettinchi kitob – “Ajal tuhfasi” nashr etildi. Bugun – 21-iyulda yana qanday voqealar va bayramlarni nishonlash mumkin?

Shubhalar bayrami – “yoki” kuni 

21-iyul barcha shubhalanuvchilarning bayramidir. Agar bugun nonushtaga: shirin yoki sho‘r, choy yoki qahvani xohlayotganingizni bilmasang, tashvishlanmang. Bu bugungi kunning nojo‘ya ta’siri. Xuddi shu narsa bugungi kunni qanday o‘tkazishingizga ham ta’sir qiladi: bugun yoki butun Toshkentni piyoda sayr qilib chiqishingiz, yoki shunchaki karavotda yotish istagi o‘rtasida bemalol shubhalanishingiz mumkin. 

Yuqori kaloriyali oziq-ovqat kuni 

Yoki “jankfud” (junk food – ingliz tilida zararli ovqat degani) bayrami – tarkibida shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat. Agar 21-iyulda dietangizni buzgan bo‘lsangiz, o‘zingizni hech koyimay, lahzadan zavqlanishingizni taklif qilamiz. Har qanday parhez cheklovlarini inkor etuvchilar uchun esa g‘ayrioddiy va yangi narsalarni tatib ko‘rishni maslahat beramiz. 

O‘zga sayyoraliklar bilan muloqot qilish kuni 

Xavotir olmang, bugun kosmosga ulanish va bugungi kunda gorizontda noma’lum uchuvchi jismlarni axtarishingiz shart emas. Bu NUOlarning mavjudligiga ishonadigan amerikalik nazariyachilarning bayrami. 

Qayta ro‘yxatga olish kuni 

Bunday bayram kasbingizga yaqin bo‘lmasa ham, uni e’tiborsiz qoldirishga shoshilmang. Uyingizni qayta inventarizatsiya qiling: masalan, shkaflardagi narsalar, antresoldagi idishlar yoki garajdagi anchadan beri turgan narsalar. Bu shunchaki umumiy tozalash, faqat boshqacha nomlangan. 

21-iyulda kimlar tug‘ilgan

  • Yozuvchi va “Nobel” mukofoti sovrindori Ernest Xeminguey, uning kitoblarini har bir kishi o‘qishi tavsiya qilinadi. Biz “Doim siz bilan birga bo‘lgan bayram” asaridan boshlashni taklif qilamiz, u yozda o‘qish uchun ideal kitoblardan biri.
  • Robin Uilyams. Gollivud aktyori, stend-ap komediyachisi, “Oskar” mukofoti sovrindori va “Jumanji”, “Orzulardan yaralgan olam” filmlari yulduzi.
  • Edvard Lyuis. Embrionning dastlabki rivojlanishi bilan bog‘liq genetika sohasidagi ajoyib kashfiyotlari uchun “Nobel” mukofotining sovrindori.