РУ
O’Z
UZS
/
/
21-sentabr: tinchlik, jarrohlar bayrami va olma iste’mol qilish kuni
19.09.2024

21-sentabr: tinchlik, jarrohlar bayrami va olma iste’mol qilish kuni

21-sentabr: tinchlik, jarrohlar bayrami va olma iste’mol qilish kuni

21-sentabrda J.R.R. Tolkinning “Xobbit, yoki Borish va Qaytish” kitobi nashr etilgan, Malta va Beliz Britaniyadan mustaqillikni qo‘lga kiritgan, Tayvanda esa dahshatli zilzila yuz bergan. Shu kuni Dubayda dunyoning eng baland binolaridan biri – Burj-Xalifa qurilishi boshlangan. Bular bugungi sanada sodir bo‘lgan qiziqarli voqealar, bugun 21-sentabrda qanday bayramlar dunyo bo‘ylab nishonlanishini bilasizmi?

Tinchlik kuni

BMT homiyligidagi xalqaro bayram. 21-sentabrda Bosh Assambleya odamlarni barcha turdagi zo‘ravonliklardan voz kechishga chaqiradi va butun dunyoda otishmalar, urush harakatlarini to‘xtatish tarafdori ekanligini bildiradi.

Jarrohlar kuni

Imkonsiz narsani amalga oshiruvchi va inson hayotini saqlab qoluvchi, tibbiyot olamining “zargarlari” hisoblanadigan shifokorlar bayrami. Ushbu murakkab kasbni tanlagan barcha professionallarni tabriklaymiz – siz tufayli biz o‘zimizni xavfsiz his qilamiz.

Minnatdorchilik kuni

21-sentabrda barcha narsalar: ota-onangizni tarbiyalaganliklari uchun, sevikli insoningizni g‘amxo‘rlik va mehri uchun, do‘stlaringizni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun. Va albatta o‘zingizni – qiyinchiliklarga bardosh berib, umid va ishonchingizni yo‘qotmaganligingiz uchun minnatdorchilik bildiradigan kundir.

Olma iste’mol qilish kuni

Barcha olma va undan tayyorlanadigan mahsulotlarni sevuvchilar qadrlaydigan bayram. Bu ajoyib va foydali tamaddi varianti, shuningdek, salat, pirog, smuzi, quymoq va oladyalargacha tayyorlash mumkin bo‘lgan universal meva.

Olmali oladyalar retsepti (2 porsiya)

Suli yormasi – 130 gr.

Tuxum – 1 dona

Qatiq – 350 ml

Soda – 0,5 ch.q.

Tuz – bir chimdim

Shakar – 1 osh qoshiq (yoki shirinlik qo‘shimchasi)

Dolchin – 0,5 ch.q.

Tayyorlash:

  • Qatiq, tuz va shakarni aralashtiramiz. So‘ng tuxum, soda qo‘shib yana aralashtiramiz.
  • Olmani mayda kvadrat shaklda to‘g‘raymiz va xamirga qo‘shamiz. Yanchilgan yorma va dolchinni qo‘shamiz. Barchasini aralashtiramiz va 5 daqiqa tindiramiz.
  • Oladyalarni sariyog‘ yoki o‘simlik moyida qovuramiz. Asal, smetana yoki yogurt bilan dasturxonga uzatamiz.

Kolleksionerlar kuni

Agar 21-sentabrda dam olish kunlarini qanday o‘tkazishni bilmasangiz, bozor, baraxolka yoki buvingizning uyiga boring. U yerdan, albatta, qimmatbaho va noyob narsalarni topasiz. Xullas, har qanday kolleksioner uchun munosib topilma bo‘ladi.