22-iyul: mehnatsevarlar kuni va Butunjahon miya kuni
22-iyul — Italiyaning “Roma” futbol klubi, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasining tug‘ilgan kuni. Bundan tashqari, shu kuni amerikalik velosipedchi Greg LeMond uchinchi marta “Tour de France” g‘olibi bo‘ldi va otishmali kompyuter o‘yini “Quake” chiqarildi. 22-iyul taqvimida yana qanday voqealar va bayramlar mavjud? Birgalikda ko‘rib chiqamiz.
22-iyulda nishonlanadigan bayramlar
Butunjahon miya kuni
Shu kuni Butunjahon nevrologiya federatsiyasiga asos solindi. Bu federatsiya boshimizda ro‘y berayotgan jarayonlar haqida juda ko‘p ajoyib kashfiyotlar qilgan. Bugun miyangizni ishlatib, qanday odatlar miyamizni barbod qilishini bilish uchun ajoyib kun, shunday emasmi? Hayron qolishingiz aniq.
Mehnatsevarlar kuni
Bu bayram bekorga dushanba kuniga to‘g‘ri kelmadi. Haftani samarali tarzda boshlang: hujjatlar uyumini tartibga keltiring, shoshilinch ishlaringizni tugating, maqsadlaringizni rejalashtiring va vazifalaringizni belgilab oling. Yangi g‘alabalar sari olg‘a!
Mango kuni
Bozor yoki supermarketning rastalarida sotib olishingiz mumkin bo‘lgan shirin, ekzotik meva. Biror noodatiy pishiriq, masalan ijtimoiy tarmoqlardagi virusli mangoli quymoqlarni tayyorlashni taklif etamiz. Bizda esa uning retsepti bor, uni beminnat siz bilan o‘rtoqlashamiz. Bu Osiyo retseptining yengil varianti. U shu qadar mazaliki, ta’mi og‘zingizda qoladi.
Mangoli quymoqlar retsepti:
Tuxum – 1 dona.
Tuxum oqi – 75 g.
Un – 50 g.
Zarcho‘va – ½ choy qoshiq.
Shakar va vanil – ta’bga ko‘ra
Qabartma – 1 tsp.
Sut – 100 ml.
Krem uchun: tvorog – 150 g, mango, har qanday shirinlashtiruvchi yoki shakar
Tayyorlanishi:
- Tuxum va oqini shakar bilan aralashtiramiz. Alohida idishda un, zarcho‘va va vanilinni birlashtiramiz.
- Quruq masalliqlarni tuxumli aralashmaga qo‘shib, aralashtiramiz. Qabartma va sutni qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz.
- Tovada o‘simlik yoki kokos yog‘idan ozgina qo‘shib, ingichka quymoqlarni pishirib olamiz. Kokos yog‘ida quymoqlar o‘zgacha iforli bo‘ladi.
- Krem uchun shirinlik bilan tvorogni aralashtirib, silliq bo‘lgunga qadar blenderda uramiz. Agar sizga yog‘liroq krem yoqsa, ozgina qaymoq qo‘shishingiz mumkin.
- Kremni quymoqning o‘rtasiga yoyib, ustiga mango bo‘laklarini teramiz va konvert shaklida o‘rab olamiz. Bu masalliqlardan 4-5 ta quymoq tayyorlanadi.
22-iyulda kimlar tug‘ilgan
- Edvard Hopper. Amerikalik rassom va janr tasviriy san’atining dahosi. Hopperning ijodi jahon pop madaniyatiga, xususan uning “Tungi shoxlar” surati katta ta’sir ko’rsatgan.
- Villem Dafo. “O‘rgimchak-odam”dagi Yashil Goblin yoki “Sho‘rlik baxtsizlar”dagi frankenshteyn ayolning otasi kabi rollari bilan bir qarashdanoq asir qiladigan Gollivud aktyori.
- Selena Gomez. Zamonamizning eng mashhur pop qo‘shiqchilaridan biri. Gomezning Instagram’da 425 million obunachisi bor. Uning o‘zi ham bir necha marta yil yulduzi bo‘lgan.