РУ
O’Z
UZS
/
/
22-sentabr: Kuzgi tengkunlik va Avtomobilsiz kun
22.09.2024

22-sentabr: Kuzgi tengkunlik va Avtomobilsiz kun

22-sentabr: Kuzgi tengkunlik va Avtomobilsiz kun

22-sentyabr kuni Millatlar Ligasiga Latviya, Litva va Estoniya qoʻshilgan, AQShda 90-yillarning eng mashhur seriali “Doʻstlar”ning premyerasi boʻlib oʻtgan, “Time Warner” korporatsiyasi esa TBS kompaniyasini 7,5 milliard dollarga sotib olgan. Bu shu kunda sodir boʻlgan voqealar, 22-sentabr taqvimida qanday bayramlar nishonlanishini quyida bilib olishingiz mumkin.

Kuzgi tengkunlik kuni

Bu bayram hamma joyda nishonlanmaydi, lekin rasmiy ravishda kuzning tugʻilgan kuni sifatida qabul qilinadi. Ushbu kunda odatda oila davrasida yigʻilishadi, kuzgi piroglar pishirishadi, parkda fotosessiyalar qilishadi va shunchaki oltin fasldan zavqlanishadi.

Avtomobilsiz kun

Bu bayram esa 22-sentabrda butun dunyoda nishonlanadi. Bugun sizni bir kun davomida piyoda yurish va avtomobilingizga dam berishingiz taklif qilamiz. Qolaversa, bu oʻzingiz yashaydigan shaharni oʻrganish va unga sayyoh koʻzi bilan qarash uchun ajoyib imkoniyat. Yoki qoʻshni shaharga sayohat qiling – axir Oʻzbekistonning har bir shahri gooʻzalliklarga boy!

Internet kuni

22-sentabr kechki vaqtini esa ijtimoiy tarmoqlar va onlayn kinoteatrlarda oʻtkazishingiz mumkin. Yangi film tomosha qiling, mashhur seriallarni qayta ko‘ring, Instagram’dagi reels’lardan “zavqlaning” yoki messenjerlarda do‘stlaringiz bilan muloqot qiling.

Pushti rang kuni

Agar bugun qanday kiym kiyishni bilmasangiz, Barbi rangidagi kiyimlarni tanlang. Bu yorqin ranglarni kiyish mumkin boʻlgan deyarli oxirgi oy, keyin hamma kuzgi bosiq ranglarga oʻtadi. Aytgancha, kuzgi trendlar haqida bu yerda yozganmiz.

Karkidonlar kuni

22-sentabrda nishonlanadigan ushbu ekobayram dunyo eʼtiborini yoʻqolib ketish xavfi ostidagi noyob hayvon muammosiga qaratishga mo‘ljallangan. Har yili karkidonlar turlari kamaymoqda va ularni brakonyerlardan va boshqa xavfli omillardan himoya qilish uchun qoʻldan kelgan hamma narsani qilish juda muhim.