РУ
O’Z
UZS
/
/
23-iyul: dala-hovli egasi, kitlar va delfinlar bayrami
22.07.2024

23-iyul: dala-hovli egasi, kitlar va delfinlar bayrami

23-iyul: dala-hovli egasi, kitlar va delfinlar bayrami

1982-yil 23-iyulda tijorat o‘ljasiga taqiq qo‘yildi, atrof-muhit faollari esa shu kunda Kitlar va delfinlar kunini nishonlashni boshladi. Oradan 20 yil o‘tib, shu kunda olimlar tasmaniyalik gigant – chorak tonnali va 15 metrli kalmar mavjudligi haqida aytdi. Shu tarzda, ilm-fan dengiz maxluqlari mavjudligini tasdiqladi. 23-iyulda yana qanday voqealar va bayramlar nishonlanishini birgalikda bilib olamiz. 

23-iyulda nishonlanadigan bayramlar 

Dala-hovli egalari kuni 

Agar 23-iyulda dala-hovlingizda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, bayram sharafiga dala-hovli hududini rejalashtirilmagan tozalashni tashkil qilishingiz, uchastkangizni tartibga solishingiz yoki hammasiga qo‘l siltab, shunchaki tabiatda dam olishingiz mumkin. Agar dala-hovli sotib olish hali orzuingizda bo‘lsa, biror tanishingizning shaxsiy dala-hovlisi bo‘lgan baxtli sohibiga tashrif buyurishni so‘rashingiz mumkin. 

Bla-bla-bla kuni 

Bekorchi gaplar bayramini munosib tarzda boshlashni taklif qilamiz: bugun yo‘lingizda uchragan har bir kishi bilan suhbatlashing. Bu shunchaki ob-havo va tabiat yoki bozorda sotuvchi bilan meva narxlari haqidagi mini-suhbat bo‘lsa ham. 

Ajoyib buvijonlar kuni 

Sevimli buvingizga qo‘ng‘iroq qili, hol-ahvol so‘rang yoki unga tashrif buyuring. Uning tashqi ko‘rinishi, uyi, pirogi va atrofidagi hamma narsani bir necha marta maqtab qo‘yishni unutmang: axir u bunga loyiq! 

Vanil muzqaymoq kuni 

Taxmin qilganingizdek, bugun shirinlik haqida o‘ylab ham o‘ttirmay, Toshkent va viloyatlardagi eng yaqin oziq-ovqat do‘konida bitta stakanchali vanil muzqaymoq sotib olishingiz mumkin. Yoki uyda tayyorlanadigan muzqaymoqni – qaymoqli, tabiiy va GOST’ga muvofiq mazali muzqaymoqni o‘zingiz tayyorlang. 

Uyda tayyorlanadigan muzqaymoqning retsept: 

33% li qaymo – 350 ml

Sut – 250 ml

Shakar – 100 g

Tuxum sarig‘i – 3 dona

Vanillin 

Tayyorlanishi:

  1. Tumum sarig‘ini shakar va vanillin bilan arashtiramiz.
  2. Sutni qaynatib olib, issiqligicha asta-sekin tuxum sarig‘ili massaga qo‘shib, aralashtiramiz. Endi eng past olovga qo‘yib, to quyuqlashguncha vilka bilan aralashtiramiz. Ammo qaynab chiqmasiz.
  3. Massani xona haroratida sovutamiz. Bu vaqtda yaxtak qaymoqni ko‘pirguncha mikser bilan uramiz. Yog‘li massamizni asosiy massaga qo‘shib, aralashtiramiz.
  4. Tayyor plombirni katta qolipga (yoki kichik, qismlarga bo‘lib) solib, muzlatgichga qo‘yamiz.
  5. Bir soatdan so‘ng olib chiqib, yana mikser bilan uramiz va butunlay muzlaguncha muzlatgichga qaytarib qo‘yamiz. Uyda tayyorlangan muzqaymoq tayyor! 

23-iyulda kimlar tug‘ilgan:

  • Vudy Harrelson. Gollivud aktyori, “Grammy” mukofoti sovrindori va “Ochlik o‘yinlari” filmlari, shuningdek “Haqiqiy detektiv” serialining yulduzi.
  • Deniel Redkliff. “Garri Potter” haqidagi filmlardagi bosh aktyor – butun dunyodagi bolalarning eng sevimli sehrgari.
  • Klava Koka. Rossiyalik qo‘shiqchi, video bloger va Instagram yulduzi. Aytgancha, u 2021-yilda Toshkentga, “Assalom Bahor” bayramiga kelgan.