/
/
24-iyul: floristlar kuni va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni
23.07.2024

24-iyul: floristlar kuni va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni

1939-yil 24-iyulda Nestle dunyodagi eng mashhur “Nescafe” qahvasining birinchi partiyasini chiqardi. Oradan yillar o‘tib, aynan shu kunda Italiyada barcha maxfiy jamiyatlar ishi taqiqlandi, Boris Jonson esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘ldi. 24-iyulda yana qanday unutilmas sanalar va bayramlar bo‘lib o‘tganini birgalikda ko‘rib chiqamiz. 

24-iyul: floristlar kuni va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni

Butunjahon o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni 

Hamma narsa o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish va sevishdan boshlanadi. Shuning uchun bugun organizmingiz, shuningdek, qalbingizni tinglab, o‘zingizdan – aslida nimani xohlashingizni so‘rab ko‘ring. Hamda darhol ushbu istakni amalga oshirish uchun birinchi qadamni qo‘ying. Bu, shuningdek, ruhiy sog‘lig'ingizga g‘amxo‘rlik qilish uchun ajoyib sababdir: psixolog ko‘rigiga yozdirilish yoki o‘z-o‘ziga yordam berish usullaridan birortasini sinab ko‘ring. 

Kelajakka nazar solish kuni

Kelajakda siz nimalar kutayotgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Aminmizki, ha. Bugun kelajagimiz haqida ijobiy o‘ylaymiz va orzuimiz miqyosini kengaytiramiz. Kim nima deyishidan qat’iy nazar, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q (hatto u dala-hovli, zo‘r avtomobil yoki orzuingizdagi Green Cardga erishish). 

Amakivachcha va tog‘avachchalar kuni 

Ushbu bayram AQShda nishonlanadi, ammo biz uni bugungi taqvimga qo‘shishga qaror qildik. Amakivachcha va tog‘avachchalar ham qarindoshlar bo‘lib, ularning ba’zilari oila a’zolaringizdan ham ancha yaqin bo‘ladi. Agar anchadan beri xolavachchalaringizga qo‘ng‘iroq qilmagan bo‘lsangiz, bugungi kunda buni amalga oshirishingizga sabab bor. 

Floristlar kuni 

Nafaqat gullarni yaxshi ko‘radigan, balki gullar tilida gapira oladiganlar uchun professional bayram: chiroyli buketlarni bezash, kompozitsiyalar yaratish va barchaga yoqimli hissiyotlarni bag‘ishlash – floristlarning ishi faqat baxt olib keladigandek go‘yo. Bugungi bayram sharafiga gul do‘koniga borib, biror gullab-yashnagan go‘zallik, hech bo‘lmaganda tuvakda o‘sadigan fikus gulini xarid qiling. 

24-iyulda kimlar tug‘ilgan

  • Ameliya Erhart. Amerikalik yozuvchi va Atlantika okeani ustidan uchgan birinchi ayol uchuvchi.
  • Jennifer Lopez. Dunyodagi eng mashhur qo‘shiqchilar va aktrisalardan biri, uslub ramzi, Ben Affleckning turmush o‘rtog‘i.
  • Mikael Kingsbyuri. Kanadalik fristaylchi, ko‘p karra jahon chempioni.