РУ
O’Z
UZS
/
/
24−25-avgust kunlari Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
20.08.2024

24−25-avgust kunlari Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi

24−25-avgust kunlari Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi

Hashar “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida oʻtkaziladi. Undan koʻzlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Oʻzbekistonda 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi. Hashar “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida oʻtkaziladi. 

Undan koʻzlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilning bahorida hasharlar oʻtkazish boʻyicha hukumatning muhim qarori qabul qilingan edi. U Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanidagi katta yoʻlda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan oʻqituvchi Diana Yenekeyeva yuk mashinasi ostida vafot etganidan soʻng chiqarilgan.

Qaror bilan hasharlar prezidentning tegishli qarori yoki umumxalq hasharini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hukumat qarori mavjud boʻlgandagina oʻtkazilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar tashkil etish va oʻtkazish faqat ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi mumkin.

Hasharlar qatʼiy ravishda hashar ishtirokchilari ishlayotgan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda oʻtkaziladi.

Hasharlar doirasida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, ish oʻrinlarini tartibga solish boʻyicha ishlar olib boriladi, bundan boshqa barcha turdagi jamoat ishlariga, shu jumladan qurilish, taʼmirlash va qishloq xoʻjaligi ishlariga majburiy jalb etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilishi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish taqiqlanadi.