РУ
O’Z
UZS
/
/
26-iyul: IT-adminlar va sevimli qarindoshlar kuni
25.07.2024

26-iyul: IT-adminlar va sevimli qarindoshlar kuni

26-iyul: IT-adminlar va sevimli qarindoshlar kuni

1805-yil 26-iyulda Vezuviy vulqoni otildi, buning natijasida Neapolning ko‘p qismi butunlay vayron bo‘ldi, shu kuni AQShda esa jahon rekordi o‘rnatildi – 246 nafar parashyutchilar osmonda doira shaklini yasadi. Shu sababli aynan shu kunda butun dunyo Parashyutchilar kunini nishonlashni boshladi. Bugun yana qanday unutilmas voqealar va bayramlar nishonlanishini – Toping’ning har kungi bo‘limidan bilib oling. 

Amaki va xolalar kuni 

Bugun yaqin qarindosh bo‘lishiga qaramay, juda kam muloqot qiladigan, amakiyu ammalar, tog‘ayu xolalar kuni. Anchadan beri suhbatlashmagan amaki yoki xolangizga qo‘ng‘iroq qiling va biror kun albatta mehmonga borishingizni ayting. Ular juda xursand bo‘ladi! 

Tizim administratorlari kuni (IT-admin) 

Dasturlaringiz yaxshi ishlashi va internetingiz qotmasligi uchun ma’sul bo‘lgan haqiqiy sehrgarlar hamda turli malakaga ega kompyuter olimlarining kuni. Agar kelajakda kim bo‘lishni xohlashingizni bilmasangiz, IT-admin kurslari haqida o‘ylab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. 

Tofu kuni 

PP ovqatlarni yaxshi ko‘radiganlar va vegetarianlar orasida juda mashhur mahsulot. Tofu – go‘sht, baliq va sut o‘rnini bosuvchi yuqori oqsilli mahsulotdir. U pishloqqa o‘xshaydi, faqat soyadan tayyorlanadi. U turli xil – ham sho‘r, ham shirin taomlar bilan yaxshi mos keladi. Bayram sharafiga oqsilga boy bo‘lgan tofu salati retsepti bilan bo‘lishamiz. 

Tofu salati retsepti: 

Tofu – 100 gr

Cherrri pomidori – 5 dona

Bodring – 2 dona

Qizil piyoz – 1 dona.

Salat aralashmasi – 100 g

Qora yoki yashil zaytun – 7 dona

Limon sharbati – 1 choy qoshiq

Zaytun yog‘i – 1 choy qoshiq

Tuz va qalampir – ta’bga ko‘ra

Bezak uchun pista

  1. Salat uchun barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz. Sabzavotlarni kesamiz, ko‘katlarni esa yuvib olamiz.
  2. Tofuni marinaddan olib, uni salfetka bilan ortiqcha suyuqlikdan tozalab olamiz.
  3. Pishloqni bo‘laklarga (1 sm qalinlikda) kesib olamiz, so‘ng esa quruq antiprigar qoplamali tovada oltin jigarrang bo‘lguncha qovurib olamiz.
  4. Idishga salat, pomidor va boshqa mahsulotlarni solamiz. Ustidan qovurilgan tofu, zaytunlarni qo‘yib, chaqilgan pistalarni sepamiz.
  5. Salatimizni zaytun yog‘i va limon aralashmasi va ziravorlar qo‘shib aralashtiramiz. Tayyor!

Liftda suhbatlar qurish kuni 

Agar biror kim bilan tanishishni istasangiz, ishxonangiz liftida yoki uyingiz liftida qushnilar bilan suhbat quring. Bu sizning ijtimoiy doirangizni kengaytiradi va muloqot qobiliyatingizni oshiradi. Bugungi bayram sharafiga doimgidan ortiqroq suhbat qurushingiz ham mumkin. 

26-iyulda kimlar tug‘ilgan

  • Oldos Haksli. Ingliz yozuvchisi, “Nobel” mukofoti sovrindori va mashhur “Jasur yangi dunyo” kitobining muallifi.
  • Stenli Kubrik. Dunyodagi eng mashhur rejissyorlardan biri bo‘lib, uning asarlari orasida afsonaviy “Porlash”, “Keng yopilgan ko‘zlar”, “Murvatli apelsin” va boshqalar bor.
  • Mik Jagger. Rock musiqachisi va “The Rolling Stones”ning bosh qo‘shiqchisi. 26-iyulga bag‘ishlangan saundtrek borligiga o‘xshaydi.
  • Kevin Speysi. Gollivud aktyori, ikkita “Oskar” mukofoti sovrindori, shuningdek, katta shov-shuvga aylangan janjal ishtirokchisi (u jinsiy tajovuzda ayblangan).
  • Sandra Bullok. Barchamiz eng yaxshi komediyalar va rom-komediyalar: “Miss Kongeniallik” va “Taklif”dagi rollari uchun yaxshi ko‘radigan aktrisa.