28-avgust: chin dildagi orzular bayrami va olchali qatlama shirinligi kuni
28-avgustda Chernogoriya Turkiyadan mustaqil monarxiyaga aylandi va Qirollik kunini nishonlashni boshladi, Italiyada Milliy avtodrom ochildi, Argentinada esa ish tashlash huquqi bekor qilindi. Xuddi shu kunda qo‘shiqchi Tina Tyorner “Hollywood Walk of Fame”da yulduz bilan sharaflandi. Londonda esa Yevropadagi eng yirik – “Notting Hill Karnavali” ko‘cha festivali bo‘lib o‘tdi. 28-avgustda butun dunyo bo‘ylab qanday bayramlar nishonlanishini quyida bilib olamiz.
Duradgorlar kuni
Rasmiy emas, ammo hanuz MDH mamlakatlarida 28-avgustda nishonlanadigan kasbiy bayram. Agar duradgor tanishingiz bo‘sa, bugungi kasb bayrami bilan tabriklashni unutmang va hatto unga anchadan beri qildirmoqchi bo‘lgan ishingizni taklif qilishingiz mumkin. Bayram o‘z yo‘lida, ammo ishlash belgilangan tartibda bo‘lishi kerak.
Komik kitoblarni o‘qish kuni
Agar orangizda komik kitob muxlislari bo‘lsa – tabriklaymiz, farzandingiz ham bunday janrni yaxshi ko‘rsa, uni xursand qiling. Yangi komiks kitob sotib oling yoki o‘zingiz chizishga harakat qiling. “Marvel” superqahramon kinolari esa ilhom manbai bo‘ladi.
Orzular kuni
Bitta va yagona. Bayram sharafiga biz orzuingiz sari olg‘a qadam qo‘yish yoki agar hali unaqa chin dildagi orzuingiz bo‘lmasa, bugun bayram sharafiga chuqur o‘ylab shunday orzuni tilashingizni taklif qilamiz. Kim biladi deysiz, amalga oshmasni hayolga keltirmas deb bekorga aytishmaydi.
Meditatsiya kuni
Ushbu bayram o‘zingizni tinglashga yordam beradi, shuningdek, og‘ir ish kunidan so‘ng toliqishni yengillashtirishning ajoyib usuli hamdir. Biz fikrlaringizni sekinlashtirish va eshitishingizga yordam beradigan texnikalarni to‘pladik.
Olchali qatlama kuni
Barcha oila a‘zolaringiz qalbini zabt etadigan va nonushtaga ajoyib alternativa bo‘ladigan shirinlik tayyorlaymiz. Chunki olcha va xamir birga tayyorlanish uchun yaralgandir!
Olchali qatlama retsepti
- Tayyor qatlama xamir (xamirturushsiz) - 500 g
- Olcha (yangi/ muzlatilgan) – 300 gr
- Kraxmal - 3 osh qoshiq
- Shakar - 5 osh qoshiq
- Tuxum sarig‘i
Tayyorlanishi:
- Olchani shakar va kraxmal bilan o‘rta olovda pishirib olamiz. Xona haroratida sovutishga qoldiramiz.
- Xamirni ingichka qilib yoyib, 4 qismga bo‘lamiz.
- Har bir xamir bo‘lagiga nachinkani qo‘yib, chetlarini vilka bilan mahkamlagan holda ustini yopib chiqamiz. Ustida kichkina kesmalar qilamiz.
- Olchali qatlamalar ustiga tuxum sarig‘ini suramiz va shakar sepamiz.
- Pechda 180 gradusda 20 daqiqa davomida pishiramiz.