28-iyul: Buvijonlar bayrami va tabiatni muhofaza qilish kuni
28-iyulda Peru Ispaniyadan ajraldi, fotograflar butunlay Quyosh tutilishining ilk suratini oldi, barmoq izlari esa shaxsni aniqlay olishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 1862-yilning shu kunida AQShda oltin talvasasi boshlanishiga sabab bo‘lgan oltin topildi. 1928-yil shu kunda esa Yozgi Olimpiada O‘yinlarining ochilishi Amsterdamda bo‘lib o‘tdi. 28-iyuldagi yana qanday muhim voqealar va bayramlar butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning e’tiborini tortishini – bizning taqvimimizdan bilib oling.
Butunjahon buvilar va bobolar kuni
Bugun sevimli bobongiz yoki buvingizni, shuningdek, keksalarni tabriklab, ularga mehrli so‘zlaringiz va amalda yordam berishni taklif etamiz. Ularning muammolarini tinglang, dildan suhbatlashing, og‘ir sumkalarni uylarigacha olib boring va shunchaki ularga mehr ulashing. Axir, mehr – oltinga tengdir!
Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni
28-iyulda hammamiz birgalashib ekologiya va atrof-muhitni saqlash haqida o‘ylashimiz kerak. Ko‘chaga axlat tashlamaslik, qog‘ozni plastikdan saralash, hovlida umumiy tozalashni tashkil etishga harakat qiling. So‘ng esa O‘zbekiston tabiatining go‘zalligidan bahramand bo‘lish uchun shahar tashqarisida dam oling.
PR-mutaxassisi kuni
Orqasidan “ommaviy ko‘ngilochar ishlarni uyushtiruvchi” va hamma narsaning tashkilotchisi deb atashadigan mutaxassis. PR-chilar zarur va albatta muhim odamlardir: ular jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatadi, biznesni rivojlantiradi, kompaniya strategiyalarini ishlab chiqadi va press-relizlarni yozadi. Qisqasi, ular bizning imijimiz uchun hamma narsani qiladi.
Sutli shokolad kuni
Shokoladning barcha turlari ichida eng shirini (oqi hisoblanmaganda). Millionlab odamlarning sevimli shirinligidan voz kechmang. Undan ko‘ra, uyda o‘zingiz sutli shokolad bilan oddiy tort tayyorlab ko‘ring. Unda faqat ikkita ingredient bor!
Shokoladli tort retsepti
Sutli shokolad – 300 g
Tuxum – 3 dona
Tayyorlanishi:
- 200 gr shokoladni (2 plitka) maydalab, suvli vannada eritib olamiz.
- Tuxum oqini sarig‘idan ajratamiz. Sarig‘ini shokolad massasiga qo‘shamiz va muloyimlik bilan aralashtiramiz.
- Tuxum oqini mikser bilan ko‘pirguncha uramiz. Shundan so‘ng, ularni asta-sekin (3-4 bosqichda) shokolad massasiga qo‘shamiz. Massani tekis kapgir bilan aralashtiramiz.
- Tayyor massani folga solingan qolipga solib, pechga (180) 40 daqiqaga qo‘yamiz. Tortni darhol chiqarmaymiz, 10 daqiqa tursin.
- Shundan so‘ng, shirinlikni chiqarib, ustidan qolgan eritilgan shokoladni (100 g) quyamiz. Tayyorlanishi juda oddiy bo‘lishiga qaramay, juda mazali hamdir.
Akvaparklar kuni
Yoz faslida har kuni nishonlasa bo‘ladigan bayram. Ammo biz bugun sizga bu bayramni Toshkentda mavjud akvaparklardan birida nishonlashingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Hozirgi kunda u yerda siz nafaqat suv gorkalaridan uchishingiz, hovuzda suzishingiz va quyoshda toblanishingiz, balki shou dasturlari va mazali taomlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
28-iyulda kimlar tug‘ilgan
- Jaklin Kennedi. AQShning Birinchi xonimi (1961-1963), Jon F. Kennedining bevasi, moda va uslub ramzi,shuningdek, Merilin Monroning asosiy raqibi.
- Maksim Matveyev. Rus aktyori va “Trigger” serialining yulduzi. Bu serialni psixologiyani yaxshi ko‘radigan har bir kishi tomosha qilishiga arziydi.
- Harry Keyn. Ingliz futbolchisi, Germaniyaning “Bavariya” jamoasining hujumchisi va o‘z vatani milliy terma jamoasining bosh murabbiyi. Uni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atashadi.