28-sentabr: Bosh direktorning bayrami va krujevali (turli) kiyimlar kiyish kuni
28-sentabrda birinchi tungi “Formula-1” poygasi bo‘lib o‘tgan, Italiyada katta energiya tizimida uzilish yuz bergan va “Estoniya” paromi Boltiq dengizida cho‘kib ketgan. Shu kuni Hindistonning “Chandrayan-1” kosmik apparati Oydan suv manbaini topgan. Bu shu kunda sodir bo‘lgan atigi bir nechta voqealar edi. 28-sentabrda qanday bayramlar nishonlanishini esa quyidagi maqoladan bilib olamiz.
Qutirishga qarshi kurash kuni
Bu bayram 28-sentabrda mikrobiolog Lui Paster xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, u qutirish – o‘limga olib keluvchi yuqumli kasallikka qarshi vaksinani yaratgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virusning asosiy tashuvchilari itlar hisoblanadi. Shuning uchun uy hayvonlarini emlash juda muhim.
Bosh direktorning kuni
Agar siz katta kompaniya, IT-korporatsiyasida ishlayotgan bo‘lsangiz, bugun boshlig‘ingizni bayram bilan tabriklash uchun yaxshi imkoniyat. Hech bo‘lmaganda ishchi Telegram chatida gif yuborishingiz mumkin.
Lombard kuni
28-sentabrda buyumlar va tilla-taqinchoqlarni lombardga topshirish shart emas, lekin aynan bugun dunyodagi birinchi lombard paydo bo‘lgani haqidagi ma’lumotni bilib oldingiz.
Bilishga haqli bo‘lish kuni
Keling, bugun o‘zingiz va boshqalarga nisbatan halol bo‘laylik: ishoning, bu hayotni ancha osonlashtiradi. Har bir inson haqiqatni, hatto u juda noxush bo‘lsa ham bilishga haqli ekanligini unutmang.
Krujeva (turli kiyimlar) kuni
2024-yilning moda bo‘yicha asosiy trendlaridan biri. Bugun sayrga yoki uchrashuvga tayyorlanayotganda krujevali kiyimlarga e’tibor bering – ko‘ylak, yubka yoki hatto sumka. Yoki krujevali kiyimlarni xarid qilish uchun “Tashkent City Mall”ga boring – Zara’ning yangi kolleksiyasida krujevali kiyimlar ham bor.