3-oktabr: qo‘ziqorin teruvchilar bayrami va sevimli boyfrend (yigit) kuni
3-oktabrda Germaniya birlashgan, Nyu-Yorkda atom soatlari sotila boshlagan, Tokioda esa “Naruto” anime premyerasi o‘tkazilgan. Shu kuni sovet san’atkori Armen Jigarxanyan, yapon dizayneri Yodzi Yamamoto va amerikalik qo‘shiqchi Gven Stefani dunyoga kelgan. Bu shu sanada sodir bo‘lgan muhim va qiziqarli voqealar haqida edi. 3-oktabrda dunyo bo‘ylab qanday bayramlar nishonlanishini bilasizmi?
Qo‘ziqorin teruvchilar kuni
Bu bayram 3-oktabrda qo‘ziqorin terishga borish, ularni qishda saqlashga tayyorgarlik ko‘rish yoki noyob shampinyon krem-shurvasini tayyorlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Keling qo‘ziqorinlarga bag‘ishlangan ushbu bayramni to‘laqonli va samimiy o‘tkazishga harakat qilamiz.
Kashtan terish kuni
Bu mashg‘ulot bolalaringizga albatta yoqadi. Yerga duv to‘kilib yotgan kashtanlarni terish uchun yaqin atrofdagi bog‘ yoki xiyobonga boring, bolangiz bilan birga ularni tering. Kashtanlar bog‘chada yoki uyda qo‘l san’atlari uchun ideal materialdir. Tasavvuringizni ishlatib ulardan qiziqarli rasmlar yarating.
Smuzi kuni
Barcha fud-blogerlar, ozayotganlar, detoks va to‘g‘ri ovqatlanish ishqibozlarining sevimli ichimligi kuni. Agar siz ham shular qatorida bo‘lsangiz, vaqtni behuda o‘tkazmasdan, nonushta uchun foydali “yashil” smuzi tayyorlashni taklif qilamiz.
Ozish uchun smuzi retsepti (1 litr):
- 4 ta pishgan kivi
- 1 ta banan
- 2 stakan mayda to‘g‘ralgan selderey
- 2 stakan suv
Sevimli boyfrend (yigit) kuni
Bu bayram ko‘pchilik uchun orzu qilinadigan va Green Card ixtiro qilingan mamlakat Amerikadan kelgan. 3-oktabrda sevgilingiz romantik uchrashuv yoki kichik sovg‘aga loyiq. Yoki hech bo‘lmasa Telegram’da chin qalbingizdan bir gif yuboring.
Oilaviy TV-shou kuni
3-oktabr oqshomini oila davrasida, sevimli televizion shoularni tomosha qilib o‘tkazishingizni tavsiya qilamiz. Bunday hordiq ham oila a’zolarini yaqinlashtiradi, ham bir-biriga mehr ulashishga undaydi. Chunki ko‘pchiligimiz ish kunida yaqinlarimizga vaqt ajratishga ulgurmaymiz.