30-sentabr: tarjimonlar bayrami va k-pop muxlislari kuni
30-sentabrda Germaniyada dunyodagi birinchi – Injil kitobi chop etilgan, AQShda gidroelektrostansiya ishga tushirilgan va sun’iy ipak – viskoza patentlangan. Shu kuni olim Aleksandr Fleming penitsillinni kashf qilganini e’lon qilgan, Daniyada esa “Jyllands-Posten” gazetasidagi payg‘ambar Muhammadga oid hazil karikaturalari tufayli “karikatura mojarosi” yuz bergan. Bu shu kunda sodir bo‘lgan muhim voqealar edi. Xo‘sh, 30-sentabrda nishonlanadigan kuzning birinchi oyini qanday bayramlar yakunlaydi?
Xalqaro tarjimonlar kuni
Bir necha tillarni biladigan, ba’zan esa poliglot bo‘ladigan insonlar kuni. Bu mutaxassislar nafaqat o‘z lug‘at boyligi bilan, balki bir tildan ikkinchisiga mohirona tarzda almashtira olishi bilan hayratda qoldiradi. Ular buni shu qadar chiroyli bajaradilarki, hattoki ba’zan to‘xtamay o‘qish/eshitishdan zavqlanish mumkin. Bunga nima deysan, “google” tarjimoni?
K-pop muxlislari kuni
Yoki K-pop kuni – Koreyada yaratilgan va yangi avlod, tiktokerlar va zamonaviy trendlarni kuzatadiganlarning qalbini zabt etgan musiqa janri bayrami. 30-sentabr holatiga ko‘ra, eng mashhur k-pop guruhlari BTS va Blackpink hisoblanadi. Aytgancha, Britaniya qiroli Karl III ham Blackpink guruhining ashaddiy muxlisi.
Yoqimli adyollar kuni
30-sentabr – kuz faslining eng muhim interyer elementlaridan biri momiq adyollarning bayrami. Bir tasavvur qiling, og‘ir ish kunidan so‘ng uyga qaytganda sizni iliq va yoqimli adyol kutib olishidan ortiq yoqimli narsa bo‘lmasa kerak. Bir piyola choy va seriallar bilan esa bu zavq ikki baravar oshadi.
Ortodontlar kuni
Bizning tishlarimizning go‘zalligiga javob beradigan aniqrog‘i, ularni estetik jihatdan go‘zalroq qiladigan shifokorlar kuni. Tishlarning noto‘g‘ri joylashuvini tuzatadi, plastinkalar va breketlar o‘rnatadi shuningdek nafaqat tishlarning, balki jag‘ning ham turli xil anomaliyalarini davolaydi.
Podkastlar kuni
Radio ko‘rsatuvlariga o‘xshaydigan audio formatidagi intervyu/suhbatlar kuni. Zamonaviy podkastlarda qahramonlar va ekspertlar san’atdan tortib dunyo muammolarigacha har qanday mavzuda gaplashadi, lekin bu shunchalik samimiy yangraydiki, ular xuddi yoningizda yoki sizga yaqin davrada suhbatlashayotgandek tuyuladi.