31-avgust: blogni yuritish, onlayn o‘qish kuni va yoz bilan xayrlashish bayrami
31-avgustda AQShda quyosh panellari o‘rnatilgan birinchi avtomobil namoyish etildi, kompyuterlar o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi hamda “Rock and Roll” muzeyi va Shuhrat Zali ochildi. Shuningdek, shu kunda Gretsiya NATO tarkibidan chiqmoqchi bo‘ldi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa davlatlar o‘rtasidagi valyuta manzilgohlarida oltin qabul qilishni to‘xtatdi. Bu shu kunda sodir bo‘lgan muhim va esda qoladigan voqealar, 31-avgustda qanday bayramlar nishonlanishini esa quyidagi maqoladan o‘qing.
Yuk mashinasi haydovchilar kuni
Avgustning oxirgi shanbasida nishonlanadigan norasmiy bayram. Agar sizning yaqinlaringiz shunday yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlayotgan bo‘lsa yoki endi ushbu qiyin kasbni egallashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, unda ularni bugungi bayram bilan tabriklab qo‘yishni unutmang.
Veterinarlar kuni
Yoki it, mushuk, og‘maxon kabi uy hayvonlarining doktor Aibolitining bayrami. 31-avgustda bayram sharafiga uy hayvoningizning salomatligini tekshirishingiz mumkin. Shu bahonada ularga g‘amxo‘rlik qiladigan shifokorini ham tabriklab qo‘yasiz.
Onlayn o‘qish kuni
Yoki masofaviy o‘qish. Bu xalqaro universitetga kirib, masofadan turib o‘qiyotgan yoki onlayn kurslarda o‘qiyotganlar bayrami. Ehtimol, siz haqiqiy mutaxassis bo‘lishingizga yordam beradigan soha, masalan IT sohasini qidiryapsiz.
Blog kuni
Agar siz Instagram sahifangiz, Telegram kanalingiz yoki YouTube’ingiz haqida unutgan bo‘lsangiz, unda bugun qaytib, o‘z blogingizni rivojlantirishni boshlash vaqti keldi. Aytishlaricha, bu juda daromadli ish ekan. Albatta, agar sizga bu ish chindan yoqsa, ko‘p ishlash, vaqt ajratish va tinimsiz ijod qilishga tayyor bo‘lishingiz kerak.
Toza havoda ovqatlanish kuni
Yozning so‘nggi kunini parkda o‘tkazishingizni taklif qilamiz, yaxshisi – piknikka chiqing. Shirinliklar bilan to‘ldirilgan savat, bolalar uchun o‘yinlar, kitoblarni olib, butun oila a’zolaringiz bilan piknikka chiqing. biror katta daraxtning soyasi ostida adyol to‘shab, maroq bilan oila davrasida o‘tirishga nima yetsin. Aytishlaricha, bunday toza havoda ovqat tezroq hazm bo‘ladi.
Bekon kuni
Agar go‘sht iste’mol qilishni yaxshi ko‘rsangiz, bu bekonli tamaddini o‘zingiz bilan piknikka olib ketishingiz mumkin. Yoki 31-avgust bayrami sharafiga uni nonushtaga tayyorlashingiz ham mumkin. Bu o‘zingizga bog‘liq, go‘shtni sevib iste’mol qiluvchilarga bu tamaddi albatta yoqadi.
Bekonli maffinlar
- Bekon – 3 slays
- Gulkaram – 1 bosh
- Qabartma – 1 choy qoshiq
- Un – 100 g
- Tuxum – 3 dona
- Pishloq - 150 g (+sepish uchun)
- Tuz, murch, ko‘katlar – ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
- Bekonni qovurib olib, qog‘ozli salfetka ustiga qo‘yamiz. Sovitib, bo‘laklarga kesib chiqamiz.
- Gulkaramni blenderda maydalab idishga solamiz. Qolgan ingredientlar, bekonni qo‘shamiz va hammasini aralashtiramiz.
- Tayyor massani qoliplarga solamiz (maffinlar uchun), ustidan maydalangan pishloq sepib, pechda 170C da usti qizarguncha (25-30 daqiqa) pishiramiz.