/
/
4-avgust: kechirish kuni va temir yo‘lchilar kuni
02.08.2024

4-avgust: kechirish kuni va temir yo‘lchilar kuni

4-avgustda Londonda dunyodagi ilk sirk ochildi. 1912-yilning shu kunida La-Mansh kanali bo‘ylab birinchi yo‘lovchi parvozi bo‘lib o‘tdi (samolyotda ikki kishi bo‘lgan), 2007-yilda esa “NASA” Marsni o‘rganish uchun yaratilgan “Feniks” kosmik kemasining ishga tushirilishini e’lon qildi. Bugungi sanadagi yana qanday voqealar va bayramlar butun dunyo bo‘ylab nishonlanishiga qiziqayapsizmi? Unda maqolani oxirigacha o‘qing. 

4-avgust: kechirish kuni va temir yo‘lchilar kuni

Temir yo‘l ishchilari kuni 

Temir yo‘lchilarga bag‘ishlangan ushbu bayram avgust oyining har birinchi yakshanbasida ko‘plab mamlakatlarda nishonlanadi. O‘zbekiston ham chetda qolmadi: 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan “Temir yo‘l ishchisi kuni” belgilandi. 

Kechirish kuni 

Ushbu kun butun dunyoda 4-avgustda nishonlanadi va “kechirilgan yakshanba” deb nomlanadi. Bugungi kunda har bir inson yaqin va qadrdon kishisi bilan yarashish imkoniyatiga ega. Qachonlardir, kimgadir “kechirasiz” demoqchi bo‘lib, lekin qo‘rquv va g‘ururdan buni qilmagan bo‘lsangiz, bugungi kundan foydalanib, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 

Kulrang qoplon kuni 

Osiyoning janubi-g‘arbiy qismida, tropik o‘rmonlarda yashaydigan katta mushuk. Olimlarning fikriga ko‘ra (2008 yilda) bunday qoplonlar juda kam – dunyoda atigi 10 mingta qolgan. Sababi ovchilar uning qimmatbaho terisi uchun ovlagan. 

Ekstrasensorlik kuni 

Ekstrasensorlik qobiliyatingizni sinab ko‘rish yoki hech bo‘lmaganda intuitsiyangiz qanday ishlashini bilishning vaqti keldi. Bugun his-tuyg‘ularingizni kuzatib boring va ichki ovozingizni tinglang – u sizga sizni qiziqtirgan savolga javob beradi. 

Qo‘g‘irchoq kuni 

AQShda ixtiro qilingan bayram bo‘lsa-da, biz ham bu kundan foydalanib, hatto uni davlatimizda bo‘layotgan tadbirlarga bog‘lashimiz mumkin. Masalan, farzandlaringiz bilan Toshkentdagi Qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadigan spektaklga borishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotni “Afisha”dan bilib oling. 

4-avgustda kimlar tug‘ilgan:

  • Lui Armstrong. Dunyodagi eng mashhur jazz musiqachilaridan biri, uning musiqasini cheksiz tinglash mumkin. Uning “What A Wonderful World” qo‘shig‘ining o‘zi bir dunyo!
  • Billi Bob Tornton. Anjelina Jolining sobiq eri, “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor va “Fargo” serialining yulduzi.
  • Megan Markl. Shahzoda Garrining turmush o‘rtog‘i, sobiq aktrisa va Britaniya qirollik oilasida “nizochi” nomini olgan shaxs. Aynan u uchun Shahzoda o‘z vazifalaridan voz kechib, AQShga yashash uchun ko‘chib o‘tgan. Lekin u baxtli ko‘rinadi.
  • Greta Gervig. 2023-yilning eng yuqori martabali filmi – Margo Robbi va Rayan Gosling ishtirokidagi “Barbi” filmining rejissyori, ssenariy muallifi va yaratuvchisi.
  • Barak Obama. U AQShning 44-prezidenti va “Nobel” mukofoti laureati.